| | |
Saytdan izlash    
Karimov Fondi xorijda tahsil olish uchun yangi grantlar tanlovini e’lon qildi

Karimov Fondi O‘zbekistonning iqtidorli va iste’dodli yigit-qizlari o‘rtasida xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish uchun uchinchi grantlar tanlovini mamnuniyat bilan e’lon qiladi. Bu haqda Fond matbuot xizmati xabar berdi.

Karimov Fondining yangi ta’lim grantlari quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha Evropaning oliy ta’lim muassasalarida magistratura bosqichida tahsil olish imkonini beradi:

  • Qayta tiklanuvchan energiya manbalari;
  • Kimyo. Kimyo texnologiyasi;
  • Suv va er resurslarini boshqarish;
  • Mashinasozlik texnologiyalari;
  • Arxitektura. Bino va inshootlarni qurish;
  • Avtomobilь yo‘llari, ko‘priklar, tonnellar, yo‘l o‘tkazgichlar va aerodromlarni loyihalash va qurish;
  • Tekstil sanoati texnologiyalari va uskunalari;
  • Turizm xizmatlarini tashkil etish va boshqarish;
  • Axborot xizmatlari va jamoatchilik bilan aloqalar;

Tanlovda ingliz, nemis yoki fransuz tillarini a’lo darajada bilgan, O‘zbekiston yoki chet el oliy ta’lim muassasasini bitirgan yoki uning so‘nggi kursida tahsil olayotgan, yoshi 35 dan oshmagan O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Grant sovrindorlarining chet elda tahsil olish va yashash xarajatlari (2 yilgacha) Fond tomonidan moliyalashtiriladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar onlayn qabul qilinadi:

Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

  • Fond tomonidan tasdiqlangan shakldagi tanlovda ishtirok etishga ariza;
  • tanlov ishtirokchisining shaxsiy anketasi;
  • tanlov ishtirokchisi tomonidan imzolangan «CHet el oliy ta’lim muassasalarida magistrlik dasturi bo‘yicha tahsil olish uchun Karimov fondi grantini olish bo‘yicha o‘tkaziladigan III-tanlov Nizomi» Ko‘chirmasi;
  • oliy ta’lim muassasasi rektori (tashkilot, korxona, muassasa rahbari) nomidan tanlovda munosib nomzod sifatida ishtirok etishi to‘g‘risidagi Tavsiyanoma yoki oliy ta’lim muassasasidan oxirgi bosqichda muvaffaqiyatli tahsil olayotganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
  • pasport rangli nusxasi;
  • oliy ta’lim muassasasini bitirganligi to‘g‘risidagi Diplom nusxasi.

Tanlov to‘g‘risidagi yangiliklar va taqdim etiladigan hujjatlar namunalari Karimov Fondi grantlariga bag‘ishlangan maxsus Telegram-kanal’da havola etilgan. Hujjatlar topshirish muddati cheklangan – 2018 yil 5 noyabrdan – 24 noyabrgacha.

Kerakli hujjatlardan namunlarni yuklash

Klassifikatsiya uzb Yuklab olish

Klassifikatsiya rus Yuklab olish

Xujjatlar namunalri rar Yuklab olish

Образцы документов rar Yuklab olish

Prezident qaror va farmonlari
“Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko’rsatuvchi va o’quv- yordamchi hodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash to’g’risida ” gi qarorga o’zgartirishlar kiritish haqida(QQ-2859-1)

11.10.2018


“O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik o’quv bo’linmalarida yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil qilish va o’tkazish bo’yicha yo’riqnomani tasdiqlash haqida”(QQ-3025)

26.06.2018


“O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy hizmatni o’tagan va oliy ta’lim muassasalariga to’lov-kontrakt shakli asosida o’qishga qabul qilingan talabalarga moddiy yordam ko’rsatish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida ”(QQ-2999)

16.04.2018


“Oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag’lari(to’lov-kontrakt asosida o’qitish uchun tushumlarning faqat to’lov-kontrakt miqdorining oshirilgan qismi) hisobidan akademik litseylar uchun o’quv-laborotoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va o’quv qo’llanmalari sotib olish hamda akademik litseylarning o’qituvchi va o’quvchilarini moddiy qo’llab-quvvatlash tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”(QQ-2992)

05.04.2018


“O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt asosida tehsil olayotgan, O’zbekiston yoshlar ittifoqining faol azosi bo’lgan talabalarni moddiy qo’llab-quvvatlash tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida ”(QQ-2961)

10.01.2018


Barchasini ko`rish
Hamkorlar
location_on
Namanagan shaxar
Islom Karimov ko`chasi 12-uy.
Devonxona: 998 69 234-14-30
Qabulxona: 998 69 234-15-23
Fax: 998 69 234-14-30
e-mail: nmqi_info@edu.uz
Barcha huquqlar muallif tomonidan himoyalangan 2017-2019. - AT MARKAZI
Dasturchi: Yuldashev Rasuljon
arrow_upward