phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


Kasaba uyushmasi

Haydarov Axmadali Qambarovich

Telefon:

E-mail:



Haydarov Axmadali Qambarovich, 2014 yildan buyon Namangan muhandislik-qurilish instituti xodimlar va talabalar kasaba uyushma qo’mitasi raisi.
Institut kasaba uyushma qo’mitasi institut rektori va institut jamoasi o’rtasida 2017-2019 yillarga mo’ljallab tuzilgan jamoa shartnomasi asosida ish yuritadi. Jamoa shartnomasi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi o’rtasida 2017-2019 yillarga tuzilgan tarmoq Kelishuvi talablaridan kelib chiqib, Namangan muhandislik-pedagogika instituti rektorligi bilan xodimlar va talabalar kasaba uyushma qo’mitasining qo’shma yig’ilishida ma’qullangan va tasdiqlangan.
Jamoa shartnomasining bajarilishini nazorat etib borish uchun rektorlik bilan xodimlar va talabalar kasaba uyushma qo’mitasining vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzilgan va bu ishchi gurux muntazam ravishda jamoa shartnomasining bajarilishini nazorat qilib boradi.
Mazkur jamoa shartnomasi ish beruvchi bilan xodimlar va talabalarning vakillik organi kasaba uyushma qo’mitasi o’rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi mahalliy normativ hujjat hisoblanib, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida», «Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida», «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to’g’risida», «Ijtimoiy sheriklik to’g’risida», «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunlari, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bilan Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’rtasida hamda O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi o’rtasida 2017-2019 yillarga mo’ljallangan Tarmoq kelishuvlari va boshqa huquqiy va me’yoriy hujjatlarga asoslanib ish beruvchi va xodimlarning huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish masalalaridagi hamkorligi to’g’risida tuzilgan.

Jamoat shartnomasi