phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


Buxgalteriya

Yuldashev Elmurod Abdujalil o'g'li

Telefon: (69) 234-41-48

E-mail: yuldashev_elmurod@mail.ru



Namangan muxandislik-qurilish instituti buxgalteriya bo’limining asosiy vazifalari to’g’risida qisqacha
MA’LUMOT
Institut buxgalteriyasi o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuniga, O’zbekiston Respublikasi “Byudjet kodeksi”ga, “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Yo’riqnomaga hamda boshqa tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga asosan yuritadi.
Buxgalteriya bo’limining asosiy maqsadi: Foydalanuvchilarni o’z vaqtida to’liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlashdan iborat.

Bosh buxgalterning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-buxgalteriya hisobini normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritish, shuningdek, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish; -buxgalteriya hujjatlarini o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat qilish;
byudjet mablag’larini, shuningdek, byudjetdan tashqari mablag’larni xarajatlar smetasida ko’zda tutilgan muayyan maqsadlarga to’g’ri sarflanishi, shuningdek, pul mablag’lari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat qilish;
tizimiga kiruvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini qonunchilik talablariga muvofiq yuritilishini nazorat qilish;
-tashkilotda xodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan to’lovlarini, shuningdek, ta’lim muassasalarida talabalarning stipendiyalarini belgilangan tartibda hamda o’z vaqtida hisoblab chiqish; -smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni o’z vaqtida amalga oshirish;
-pul mablag’lari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek, boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizatsiya qilishda qatnashish, inventarizatsiya natijalarini o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish;
-moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlarini o’tkazish;
-moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalarning hisobini yuritish va ulardan to’g’ri foydalanilishini nazorat qilish;
-moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish;
-asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ularning saqlanish va foydalanish joylarida butligini muntazam nazorat qilish;
-buxgalteriya hujjatlarini, hisob registrlarini saqlanishini ta’minlash;
-qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarning bajarilishini ta’minlash.
Bosh buxgalter o’rinbosari lavozim vazifalari:
-institutda buxgalteriya faoliyati yo’nalishlaridan biri bo’yicha rahbarlik va mas’ul ijrochisi vazifasini bajarishi, kassaning ishini va kassa operatsiyalarining yuritilishini nazorat qilishi; -bank hujjatlarini ishlab chiqish va xarajatlar smetasi ijro etilishini tahlil qilish;
-mavjud asosiy vositalar, tovar moddiy qimmatliklar, naqd pul mablag’lari, qimmatbaho qog’ozlar, qat’iy hisobda turuvchi blankalar va hokazolarning inventarizatsiyasini tashkil etish hamda o’tkazish jarayonida faol qatnashish, shuningdek, uning amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga mos ravishda o’tkazilishi ustidan nazorat olib borish;
-ish haqini, vaqtincha mehnat qobiliyatini yo’qotganlik varaqalari bo’yicha nafaqalar, talabalarga va izlanuvchi-stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarga stipendiyalar to’lanishini nazorat qilish va bunda amaliy yordam berish;
-kirim-chiqim hujjatlari aylanishini nazorat qilish, kelib tushayotgan pul mablag’lari, tovar moddiy boyliklar va asosiy vositalar, moliya xo’jalik faoliyati natijalari, shuningdek, moliya, hisob-kitob hisobotini olib borish, pullarning qonuniy o’z vaqtida rasmiylashtirilishini nazorat qilish;
-pul mablag’lari, tovar-moddiy boyliklar va asosiy fondlar ro’yxatga olinishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
-pulga aloqador birlamchi hujjatlar va buxgalteriya hisobotlarini o’z vaqtida tayyorlanishini ta’minlash.
Bosh buxgalter o’rinbosari-auditor lavozim vazifalari:
-institut rahbariyati tasdiqlagan ish rejasi asosida belgilangan muddatlarda asosiy vositalar, pul mablag’lari, tovar moddiy qimmatliklarning institut hisobiga to’liq kirim qilinishi va xarajatga chiqarilishi yuzasidan, shuningdek, institut kassasida me’yoriy hujjatlarga rioya qilinishi yuzasidan ichki auditorlik nazorat ishlarini amalga oshirish;
-asosiy vositalar, pul mablag’lari, tovar-moddiy qimmatliklarning inventarizatsiyasi jarayonida va boshqa tekshiruvlar natijasida aniqlangan kamomadlarning institut hisobiga undirilishi, ortiqcha mablag’larni kirim qilinishiga erishish yuzasidan mutasaddi xodimlar bilan hamkorlikda monitoring faoliyatini yuritish;
-byudjet va byudjetdan tashqari mablag’larning kommunal xizmatlarning sarflanishi limitlariga rioya etilishi ustida ish rejasi asosida ichki auditorlik nazoratini olib borish;
-institut talabalariga stipendiya to’lovlarining to’g’ri berilishi, to’lanishi va amaldagi me’yoriy hujjatlarga mos ravishda qayta hisob-kitob qilinishi yuzasidan auditorlik nazoratni o’tkazish; -kamomadlar hamda pul mablag’lari va tovar-moddiy qiymatliklarning talon-toroj qilinishini oldini olish tadbirlarida mutasaddi xodimlar bilan faol qatnashish;
-auditorlik nazorati natijalari bo’yicha institut bosh hisobchisi va institut rahbariyatiga tegishlicha ma’lumot va axborot berish.
Buxgalter (toifasiz, 1,2-toifa) lavozim vazifalari:
-byudjetdan tashqari topilgan mablag’larning hisobotlari va hisob-kitob ishlarini olib borish;
-o’qitishning to’lov-kontrakt shakli asosida o’qiydigan talabalarning kontrakt to’lovlaridan tushadigan mablag’larni hisobini yuritish;
-belgilangan muddatlarda talabalarning to’lagan kontrakt mablag’lari haqida tezkor (operativ) ma’lumotlarni tayyorlash;
-ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar, pensiya va nafaqalarni amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq to’g’ri hisoblanishini va o’z muddatida to’lanishini ta’minlash;
-professor-o’qituvchi va xodimlarning yozma arizalariga asosan ish haqisi hisobidan kommunal xizmatlar, bank kreditlari kabi turli o’tkazmalarni hisobini to’g’ri yuritilishini ta’minlash;
-talabalarga stipendiya to’lovlarini amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq to’g’ri hisoblanishini va o’z muddatida to’lanishini ta’minlash.

Reja-moliya bo’limi boshlig’i lavozim vazifalari:
-institutning barcha moliyaviy (byudjet va to’lov kontrakt) mablag’lari hisobiga shtatlar jadvali va xarajatlar smetalarini tayyorlash uchun kerakli ma’lumotlarni to’plash va tahlil qilish;
-tashkilot rahbari tasdiqlashi uchun (byudjet va to’lov kontrakt) mablag’lari hisobiga shtatlar jadvali va xarajatlar smetalarini va ularga ilova qilinadigan hisob-kitoblarni tuzish;
-belgilangan muddatlarda byudjet va byudjetdan tashqari mablag’larni xarajatlar smetasidagi tegishli moddalari bo’yicha ishlatilishini tahlil etish;
-kelgusi yil uchun xarajatlarni rejalashtirishda ularning joriy yildagi ijrosini tahlil qilish;
-vazirlik va yuqori tashkilotlar topshirig’iga asosan tegishli ma’lumot va hisobotlarni tuzish hamda belgilangan muddatlarda taqdim etish;
- xarajatlar smetalarini (ilova hisob-kitoblari bilan birga) saqlanishini ta’minlash.
1 va 2-toifali iqtisodchilar lavozim vazifalari:
-institutning barcha moliyaviy xarajatlar smetalarini tayyorlash uchun kerakli ma’lumotlarni to’plash va tahlil qilish;
-byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha xarajatlar smetasini moddalar bo’yicha tahlil etish;
-xarajatlar smetalarida ko’rsatilgan mablag’lardan maqsadli, to’g’ri foydalanilishini, o’rinsiz yoki ortiqcha xarajatlarga yo’l qo’ymaslikni nazoratga olish.