| | |
Saytdan izlash    
DEVONXONA

Yoqubjanova Yoqutxon Gulomjanovna

Telefon: (69) 234-14-30

E-mail: nmpi_info@edu.uz






Devonxona vazifasi:

    Dеvonxona bo’limi O’zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi 12-sonli, 1999-yil 29-martdagi "O’zbеkiston Rеspublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo’yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida"gi 140-son qarorlari, O’zbеkiston Rеspublikasi Bosh vazirining 2009-yil 28-avgustda 11-10-son bilan tasdiqlangan vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar, xo’jalik birlashmalari, ularning tarkibiy va hududiy bo’linmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli monitoringini olib borish Tartibiga muvofiq, OO’MTVning 2015-yil 18-fеvraldagi «Vazirlik apparatida ish yuritish va hujjatlar ijrosi nazoratini tashkil qilish bo’yicha yo’riqnomani tasdiqlash to’g’risida»gi 58-sonli buyrug’i hamda O’zDSt 1157-2008. УСД СОРД. Hujjatlarni rasmiylashtirishga bo’lgan talablar asosida faoliyat olib boradi. Institutda “Ish yuritish va hujjatlar ijrosi nazoratini tashkil qilish bo’yicha” yo’riqnoma institut rеktorining 2015-yil 5-martdagi 44-v sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan. Yo’riqnomaga asosan: - Dеvonxona tarkibiy bo’linmalarda hujjatlar bilan tashkiliy va uslubiy rahbarlik qilish ishlarini amalga oshiradi; - Hujjatlar ijrosini ta`minlash bo’yicha bеlgilangan ijrochilar, bеvosita ular majburiyatlari doirasiga kiruvchi ish yuritish qismiga rioya qilish uchun javobgar hisoblanadi; Devonxona faoliyati institut hujjatlarining hisoboti va yuritilishini talab asosida boshqa bo`limlar bilan bevosita hamkorlikda bajarilishini tashkil etadi. Institutda ish yuritishni yo`lga qo`yish va amalga oshirish, OO'MTVdan keladigan Hay’at qarorlari, buyruqlari va modemnomalarni to`g`ri ro`yxatga olish va hisobini olib borishni tashkil etish, viloyat hokimligi va turli tashkilotlardan kelayotgan hujjatlar, institut ma'muriyati topshiriqlarining bajarilishini nazorat qilish devonxona bo`limining asosiy vazifalariga kiradi. Ish yuritish bo`yicha, bo`limga kelib tushadigan barcha hujjatlarni o`z vaqtida, belgilangan tartibda qabul qiladi, rasmiylashtiradi va institut rahbariyati hamda uning tarkibiy qismlariga, ijrochilariga yetkazadi. Institutda elektron shaklda OO'MTV va turli oliy o'quv yurtlaridan keladigan barcha xatlar nmpi_info@edu.uz portali orqali olinadi. Devonxonaning asosiy qoidalariga muvofiq bo'lim institutda ish yuritishga oid xizmatlar ko`rsatilishi, uning aniq-puxta tashkil g`ilinishini ta'minlashni nazorat g`iladi. Institut rahbariyatiga ma'lum qilish uchun taqdim etiladigan keluvchi, jo`natiluvchi, va ichki hujjatlarning o`z vaqtida ijro etilishi ustidan muntazam nazoratni amalga oshiradi, farmoyish beruvchi xujjatlarni rasmiylashtirishni va joy-joyiga yuborishni, keluvchi, jo`natiluvchi, olinuvchi va ichki hujjatlarni qabul qilib olishni, qayd etishni, saqlashni hisobga olib boradi va bo`linmalarga yetkazib tarqatadi. Shuningdek, yig`majildlarni davlat tomonidan saqlanishi uchun topshirishga tayyorlashni, institut nomiga keluvchi xat va hujjatlarning hammasini ko`rib chiqish va rektorning imzolashi uchun taqdim etiladigan barcha hujjatlarning sifatli tayyorlanganligini hamda rasmiylashtirilganligini tekshirish, ish yuritish tizimini takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqishni, ularni joriy etishni tashkil qilish, ish yurituvchi xizmat xodimlarni zarur yo`riqnoma va ma'lumotlar materiallari bilan ta'minlash choralarini ko`rish, rektorning ko`rsatmalarini bajarilishini tekshirishi hamda yuqori tashkilotlarning buyruqlari, farmoyishlari va ko`rsatmalari qanday ijro etilayotganini Ichki nazorat va monitoring bo'limi bilan birgalikda nazorat qilish, jismoniy va yuridik shahslarning xatlari, shikoyatlari va arizalari bo`yicha maxsus yo`riqnomaga muvofiq ish yuritish va umumlashtirilgan ish jurnalida aks ettirish, xodimlarning xizmat safarlariga jo`nab ketishlari va qaytib kelishlarini belgilangan shakldagi maxsus jurnalda qayd etib borish va buyruqlashtirish, hamda institut xos qog`ozi (firmennaya blanka)dan foydalanilishni nazorat qiladi.

Devonxona bo’limining tarkibi:

devonxona inspektori – Dadabayeva Gulchehra;

devonxona ish yurituvchisi – Yusupova Umida;

devonxona texnik operatori – Hamidova Qunduzoy;

Prezident qaror va farmonlari
“Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko’rsatuvchi va o’quv- yordamchi hodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash to’g’risida ” gi qarorga o’zgartirishlar kiritish haqida(QQ-2859-1)

11.10.2018


“O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik o’quv bo’linmalarida yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil qilish va o’tkazish bo’yicha yo’riqnomani tasdiqlash haqida”(QQ-3025)

26.06.2018


“O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy hizmatni o’tagan va oliy ta’lim muassasalariga to’lov-kontrakt shakli asosida o’qishga qabul qilingan talabalarga moddiy yordam ko’rsatish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida ”(QQ-2999)

16.04.2018


“Oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag’lari(to’lov-kontrakt asosida o’qitish uchun tushumlarning faqat to’lov-kontrakt miqdorining oshirilgan qismi) hisobidan akademik litseylar uchun o’quv-laborotoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va o’quv qo’llanmalari sotib olish hamda akademik litseylarning o’qituvchi va o’quvchilarini moddiy qo’llab-quvvatlash tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”(QQ-2992)

05.04.2018


“O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt asosida tehsil olayotgan, O’zbekiston yoshlar ittifoqining faol azosi bo’lgan talabalarni moddiy qo’llab-quvvatlash tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida ”(QQ-2961)

10.01.2018


Barchasini ko`rish
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 26 noyabrdagi 87-01-822-son topshirig’i ijrosi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 13 sentyabrdagi 87-02-2967-son topshirig’i ijrosi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish to’grisida”gi 2018 yil 24 fevraldagi 186-son buyrug’i ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’grisida” 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-son Farmoni asosida tuzilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonasidan kelib tushgan murojaatlarning to’liq, xolis va o’z vagogida ko’rib chiqilishi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirlik va idorapar, xo’jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shahar va tumanlari hokimlarining “Jismoniy va goridik shaxslarning murojaatlari to’grisida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonun talablarini so’zsiz bajarish yuzasidan javobgarligi to’g’risida” 2016 yil 27 oktyabrdagi 366-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar.
Barchasini ko`rish
Hamkorlar
location_on
Namanagan shaxar
Islom Karimov ko`chasi 12-uy.
Devonxona: 998 69 234-14-30
Qabulxona: 998 69 234-15-23
Fax: 998 69 234-14-30
e-mail: nmqi_info@edu.uz
Barcha huquqlar muallif tomonidan himoyalangan 2017-2019. - AT MARKAZI
Dasturchi: Yuldashev Rasuljon
arrow_upward