Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


QURILISH

Jamalov Bahriddinxo’ja Ismoilovich

haftaning har dushanba va shanba kunlari: 9.00-11.00

Telefon: 234-37-20, +998973478177

E-mail: b-I-jamalov@Umail.uz



Sayfullayev Ilhomjon Abduraxmonovich

Qabul vaqti: haftaning chorshanba kuni: 14:00-17:00
Telefon: +998 (69) 234-37-20 , +998 94 644 10 54
E-mail: IlhomjonSA@gmail.com






Nishonov Xayrullo Xolmirzayevich

Qabul vaqti: haftaning juma kuni: 14:00-17:00
Telefon: +998 99 977-88-83
E-mail: xnishonov1983@mail.ru





Fakultet haqida

Institutda qurilish yo’nalishlari bo’yicha kadrlar tayyorlash 1979 yildan boshlanib, qurilish sohasiga 10 mingdan ortiq yuqori malakali kadrlar etkazib berildi. Hozirgi kunda fakultetda 6 ta bakalavriat ta’lim yo’nalishi “5111000- Kasb ta’limi (5230200-iqtisodiyot), 5340200-“Binolar va inshootlar qurilishi”, 5340400 – “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji” ta’lim yo’nalishlari bo’yicha, 2017-2018 o’quv yilidan boshlab 5341300-“Kommunal infratuzilma va uy joy kommunal xo’jaligini tashkil etish va boshqarish” bo’yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda.
Fakultet tasarrufida 7 ta kafedra mavjud bo’lib, ular: “Binolar va inshootlar qurilishi”, “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji”, “Iqtisodiyot”, “Oliy matematika”, “Materiallar qarshiligi va mexanika”, “Chet tillar”, “Jismoniy madaniyat”


Qurilish fakulteti
Fakultetda 100 dan ziyod yuqori malakali professor-o’qituvchilar, ya’ni 5 nafar fan doktori, professorlar, 28 nafar fan nomzodi, 29 nafar katta o’qituvchi, 47 nafar assistent va shu bilan birgalikda 10 nafar texnik xodimlar faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar. Fakultetda zamonaviy o’quv jixozlari va axborot texnologiyalardan keng foydalanilmoqda. Jumladan, fakultet kafedralarida 6 ta lingafon xonalari, 2 ta kompyuter sinflari, 4 ta videoproektorlar muntazam ishlab turibdi.

Fakultet kafedralari haqida ma`lumоt


"“Binоlar va inshооtlar qurilishi” kafedrasi mudiri

Alimov Xorisboy Latifovich

Kafedra 1982 yil 1-sentyabrda tashkil topgan. Kafedra faoliyati davomida tayyorlangan 6 mingdan ziyod yuqori malakali mutaxassislar, xalq xo’jaligining turli sohalarida, shuningdek, ta’lim muassasalarida faoliyat olib bormoqdalar. Hozirgi kunda kafedrada 18 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatayotgan bo’lib, ularning 1 nafari fan doktori, professor, 5 nafari fan nomzodi-dotsentlar, 6 nafari katta o’qituvchi, 7 nafari o’qituvchi hamda kabinet mudiri va laborantlardan iborat. Shuningdek, kafedrada 5A340201 Bino va inshootlar qurilishi (energiya samarali binolar) magistratura mutaxassisligi hamda 05.09.01 Qurilish konstruktsiyalari, bino va inshootlar tayanch doktorantura faoliyat olib bormoqda.

“Qurilish-arxitektura” kafedrasi mudiri

Xamraqulov Abdurahmat, pedagоgika fanlari nоmzоdi, dotsent

Hozirgi kunda kafedraning professor-o`qituvchilar soni 12 nafardan iborat bo`lib, ulardan, 3 nafari fan nomzodlari dotsentlar, 9 nafari malakali o`qituvchilardir.





“Jismоniy madaniyat va spоrt” kafedrasi mudiri

Maqulov Shuxratjon Zokirovich

Kafedra 1987 yilda tashkil topgan. Hozirgi kunda kafedrada 7 nafar pedagog-o’qituvchilar, ularning bir nafari sport ustaligiga nomzod va 5 nafari 1-razryadli sportchilardir. Kafedra qoshidagi «Parvoz-NamMQI» sport uyushmasida sog’lomlashtirish, futbol, voleybol, tennis, stol tennisi, atletizm va aykido kabi sport turlaridan seksiyalar muntazam faoliyat ko’rsatmoqda .



“Oliy matematika” kafedrasi mudiri

Gafarov Ilg’orjon - Fiz.-mat.fanlari nomzodi, dotsent

Ilmiy tadqiqotlar yo’nalishi: Operator koeffitsiyentli differensial tenglamalarga qo’yilgan ichki va tashqi masalalar. Faoliyati: 20.06.1960 yilda Namangan shahrida tug’ilgan. 1978-1982 yillarda Toshkent davlat universiteti talaba, 1982-1984 yillarda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi V.I.Ramanovskiy nomidagi Matematika institutida Stajyor tadqiqotchi, 1984-1987 yillarda Novosibirsk davlat universitetida aspirant, 1987-1988 yillarda Namangan shahri “Среднее профессиональное техническое училище №31” da o’qituvchi, 1988 yilda Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti Namangan filialida muhandis, 1988-1989 yillarda Toshkent politexnika instituti Namangan filiali (1991 yildan Namangan sanoat-texnologiya instituti) da assistent, 1989-1991 yillarda Toshkent mashinasozlik instituti Namangan filialida dotsent, 1991-1998 yillarda Namangan sanoat-texnologiya institutida dotsent, 1998-2003 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika institutida dotsent, 2003-2005 yillarda dekan, 2005-2010 yillarda dotsent, 2010 yilda Toshkent shahar AVANDERO M

Materiallar qarshiligi va mexanika kafedrasi mudiri

Tillaboyev Yodgorjon Kenjaboyevich

Kafedra 1982 yilda tashkil topgan bo’lib, hozirgi kunda 1 nafar fan doktori 6 nafar fan nomzodlari va 6 nafar malakali o’qituvchilar talabalarga bilim berishmoqda.
Kafedrada nazariy mexanika, materiallar qarshiligi, qurilish mexanikasi va amaliy mexanika fanlaridan talabalarga saboq berish bilan birgalikda kafedra olimlari professor. P.J.Matkarimov rahbarligida 2017-2019 yillarga mo’ljallangan A-14-8Q(14-11) “Seysmik kuch ta’sirida suv inshootlari mustaxkamligi, suv inshootlarini gruntning real fizik-mexanik xarakteristikalari va elastik-plastik deformatsiyalanishi va temirbeton konstruktsiyali bino va inshootlar elementlarining mustaxkamlik, zilzilabardoshlik va deformatsiya xossasiga ega hamda uzoq muddatga chidamliligini ichki va tashqi muhitlardan kompleks ta’sirlarini tadqiq qilish” mavzusidagi Davlat granti loyihasi ustida ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishda faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Fakultet talabalari tomonidan erishilgan yutuqlar

Yoshlarga oid davlat siyosatining hayotga tadbiq etish va ijrosini ta’minlash hamda talaba-yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularga yaratilgan imkoniyatlardan to’liq foydalanishi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida amalga oshirilgan ishlar natijasida fakultetda bir qator yutuqlarga erishib kelinmoqda. Jumladan, O’zbekiston Taekvondo (ITF) federatsiyasining 2019-2020-yil musobaqalar taqvim rejasiga muvofiq joriy yilning 20-24 may kunlari Ispaniya davlatining Barselona shahrida yoshlar, o’smirlar va kattalar o’rtasida W.A.S.C.O “Jahon chempionati” musobaqasi bo’lib o’tishi rejalashtirilgan. Qurilish fakulteti 19-BIQ-19 guruhi talabasi Rajabov Ilxomjon 27-28-yanvar kunlari ushbu nufuzli musobaqaning saralash bahslarida ishtirok etib, 1-o’rinni egalladi hamda Barselona shahrida yoshlar, o’smirlar va kattalar o’rtasida W.A.S.C.O “Jahon chempionati” musobaqasining yo’llanmasini qo’lga kiritdi. Hozirgi kunda musobaqalarga tayyorgarlik o’quv-yig’in mashg’ulotlarini olib bormoqda



2020-yil 01-02-fevral kunlari Qozog’iston Respublikasining Turkiston viloyatida voleybol sport turi bo’yicha xalqaro musobaqa bo’lib o’tdi. Ushbu nufuzli musobaqa ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi vakillari faxrli ikkinchi o’rinni egallashdi. Terma jamoa tarkibida Namangan muhandislik-qurilish instituti qoshidagi “Parvoz” sport klubi a’zolari Qurilish fakulteti iqtidorli talabalari I. Abdulazizov, T. Joldasboyev va A. Tursunmamatovlar ishtirok etib sovrinli o’rinni egallab qaytishdi. Musobaqada ishtirok etgan T. Joldasboyev usbu musobaqaning “Eng yaxshi” o’yiinchisi sifatida tan olinib, esdalik sovg’asi va diplom bilan taqdirlandi. Ushbu sportchilarmiz endilikda Namangan terma jamoasi tarkibida mart oyida bo’lib o’tadigan “Universiada-2020” musobaqasining final bosqichiga tayyorgarlik jarayonlarini boshlab yuborishdi.
“Qurilish” fakulteti “Qurilish- arxitektura” kafedrasi tomonidan “14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni”ga bag’ishlab fakultet talabalari o’rtasida “Mardlar qo’riqlaydi-Vatanni!” mavzusida rasmlar ko’rgamasi tashkil etildi. 14-yanvar O’zbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari – Vatan himoyachilari kuni va O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi. Vatan himoyachilari kunini nafaqat harbiy xizmatchilar, balki ayni vaqtda armiya saflarida o’z burchini o’tab qaytgan vatandoshlarimiz va ertaga xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarimizning bayrami, deb qabul qilingan.


Institutda “Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g’alabaga o’zbek xalqining qo’shgan ulkan hissasi” mavzusida suratlar, foto porteretlar va insholar tanlovi o’tkazilib, qurilish fakulteti talabalari faxrli barcha yo’nalishlarda 1-o’rinni qo’lga kiritdilar.