| | |
Saytdan izlash    
QOZON FEDERAL UNIVERSITETI FILIALI NABEREJNICHELNIY INSTITUTIGA TASHRIF

XORIJDAGI HAMKOR OLIY O‘QUV YURTIGA TASHRIF.



 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20-apreldagi PQ-2909 sonli “ Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”

gi qaroriga asosan xalqaro hamkorlik aloqalarini kuchaytirish hamda oliy ta'limda o‘quv jarayonlarini takomillashtirish hamda sifatli kadrlar tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida institut rektori Sh.Kenjaboyev boshchiligida qurilish fakulteti dekani A.To‘xtaboyev hamda muxandislik fakulteti dekani M.Dadamirzayevlardan iborat delegatsiya 2018 yil 1-iyun kuni Qozon Federal Universiteti Filiali Naberejnichelniy institutiga tashrif buyurishdi.



1-8 iyun kunlari tashrif davomida hamkor institutning laboratoriya jixozlari bilan tanishish, o‘quv jarayonini yaqindan o‘rganish, ta'lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani o‘rganish, Naberejnichelni “KAMAZ” zavodiga tashrif, “Ford Sollers” avtomobil zavodiga tashrif buyurib ishlab chiqarish va o‘quv jarayonlariga institutimiz talabalarini jalb qilish masalalari rejalashtirilgan.





NamMQI Xalqaro aloqalar
bo‘limi boshlig‘i: A.Muminov

Prezident qaror va farmonlari
Hamkorlar
location_on
Namanagan shaxar
Islom Karimov ko`chasi 12-uy.
Devonxona: 998 69 234-14-30
Qabulxona: 998 69 234-15-23
Fax: 998 69 234-14-30
e-mail: nmpi_info@edu.uz
Barcha huquqlar muallif tomonidan himoyalangan 2017-2019. - AT MARKAZI
Dasturchi: Yuldashev Rasuljon
arrow_upward