CHEXIYA TABIIY FANLAR UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK

Hamkorlik uchrashuvi.
Shu yilning 16-23-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli qarori ijrosi bo‘yicha Namangan muxandislik qurilish instituti taklifiga binoan Chexiya Respublikasining Praga shaxridagi Chexiya Tabiiy fanlar universitetidan ikki nafar professor –o‘qituvchilar Emil Krish va Lukas Xerautlar tashrif buyurishdi.
Olimlarni institutning majlislar zalida prorektor S.Umarxonov institut raxbari va professor-o‘qituvchilari bilan tanishtirdi. Mexmonlar o‘zlarining institutlari xaqida, Chexiyadagi ta'lim tizimi xaqida hamda o‘zlarining mutaxassisliklari bo‘yicha institut professor –o‘qituvchilariga, hamda talabalarga o‘zlarining ma'ruzalarini o‘qib eshittirdilar. Uchrashuv qizg‘in savol- javoblar ostida o‘tdi.
Tashrif yakunida mehmonlar O‘zbekistonga xususan Namanganga kelganliklaridan g‘oyat xursand ekanliklarini bu yerning odamlari ochiq ko‘ngil va mehmondo‘st ekanligini alohida ta'kidlab o‘tdilar va yana kelish istagi bilan xayrlashdilar.