phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


2017-2018 o’quv yilida Namangan muhandislik-qurilish institutini bitiruvchilari uchun 2018 yil 4 may kuni o’tkazilgan “Bitiruvchi-2018” mehnat yarmarkasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan HISOBOTI

2017-2018 o’quv yilida institutda 19 ta bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bitiruvchilar mavjud bo’lib ularning umumiy soni 1055 nafarni tashkil etadi. SHulardan ta’lim yo’nalishlari bo’yicha davlat granti asoasida 417 nafar, to’lov-kontrakt asosida 638 nafar bitiruvchi tamomlaydi.
Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari kesimida har bir bitiruvchi to’g’risida to’liq ma’lumotlar ba’zasi shakllantirilgan.
Marketing bo’limi tomonidan ommaviy axborot vositalarida bitiruvchilar haqida ma’lumotlar “Namangan haqiqati” gazetasining 2018 yil 17 martdagi 22-sonida viloyat va tumanlar kesimida berilgan.
Namangan viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish boshqarmasi bilan birgalikda 2018 yil 4 may kuni institutda “Bitiruvchi-2018” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
“Bitiruvchi-2018” mehnat yarmarkasini o’tkazishdan maqsad, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash, ishsizlikdan ximoyalash, tadbirkorlik faoliyatlari bilan shug’ullanishlari uchun ularga yaratilayotgan imkoniyatlar, viloyatdagi xamkor tashkilotlar va viloyatimizdagi mavjud bo’sh ish o’rinlari bilan tanishtirish asosiy maqsad qilib olingan.
Tadbirni institut rektori SH.Kenjaboev ochib berdi va bitiruvchilarni ishga joylashtirish bugungi kunning dolzarb vazifasi ekanligini ta’kidlab o’tdi. SHundan so’ng institut MMIB prorektori G’.SHermatov so’zga chiqib, o’tkazilayotgan tadbirning maqsadi hamda respublikamizda yoshlar uchun olib borilayotgan islohotlar to’g’risida to’xtalib o’tdi.
Bitiruvchi-2018” mehnat yarmarkasida viloyatdagi korxona-tashkilotlar, ya’ni Namangan viloyati moliya boshqarmasi, viloyat mehnat boshqarmasi, O’ZELEKTROTERIM, viloyat arxitektura qurilish boshqarmasi, viloyat Vatanparvar, NAMANGANVINO, NAMANGAN DON OAJ, Namangan davlat unversiteti, Namangan avtoyo’l, Nestle, viloyat kasb-hunar kollejlari boshqarmasidan vakillar ishtirok etishdi.
Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash borasida viloyat mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish boshqarmasi bilan muntazam aloqalar o’rnatilgan. Bitiruvchilar haqida ma’lumotlar bazasi shakllantirilib, ular bilan so’rovnomalar o’tkazilgan.
Bitiruvchilarga “Yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlashga ko’maklashish to’g’risida”gi 3 tomonlama shartnomalar berildi va bitiruvchi yoshlar tegishli korxona, tashkilotlar bilan 3 tomonlama shartnomalarni imzoladilar.
Bugungi kunda ish beruvchi xo’jalik yurituvchi subьektlar bilan uch tomonlama shartnoma imzolangan bitiruvchi kurs talabalarini ish bilan ta’minlash maqsadida institut professor-o’qituvchilari va bandlikka ko’maklashish markazi xodimlari hamkorlikda bitiruvchilarning ishga taqsimlash va joylashtirish jarayoni olib borildi.
“Bitiruvchi-2018” mehnat yarmarkasi Namangan viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan tasvirga olindi.


Marketing bo’limi boshlig’i J. Po’latov