| | |
Saytdan izlash    
Namangan muhandislik-qurilish institutida o’tkazilgan ilmiy tadbirlar

2018-2019 o’quv yilida institut iqtidorli yosh avlodidan yuqori va oliy malakali kadrlar tayyorlashni kuchaytirish hamda o’quv adabiyotlarni yangi avlodini tayyorlash uchun akademik Mirsaidov Mirziyod Mirsaidovichni institutga maslahatchi etib tayinlandi.
Institutda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi Mirsaidov Mirziyod Mirsaidovich ishtirokida “Institutda ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va ilmiy maktablar yaratish” mavzusida seminar o’tkazildi.
Institut professor-o’qituvchilari tomonidan bajarilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari bo’yicha O’zR FA Inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, O’zR FA “Fizika-Quyosh” IICHB Fizika texnika instituti, TDTU qoshidagi “Tarmoq mashinashunoslik muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi, O’zbekiston qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, TATU qoshidagi dasturiy mahsulotlar va apparat-dasturiy majmualar yaratish markazlari bilan hamkorlik ishlari ham olib borilmoqda.
2018 yil 27-28 oktyabr kunlari Namangan Davlat universiteti, Namangan muhandislik-texnologiya institutlari bilan hamkorlikda “Farg’ona vodiysi hududlaridagi mahalliy xom ashyolardan foydalanish asosida import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishning dolzarb masalalari” mavzusida Xalqaro konferentsiya o’tkazildi. Ushbu konferentsiyada yosh olimlar, doktorantlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar ishtirok etdilar. Namangan muhandislik-qurilish instituti O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli Qarori bilan tashkil etilgan hamda institutni xalqaro hamkorligi sohasida keng ko’lamda ishlar amalga oshirilmoqda:
Xususan, 2018 yilda Rossiya Federatsiyasining Qozon Federal Universiteti bilan hamkorlikda 2018 yil 13 sentyabrdagi 07/10-09/1665-sonli shartnoma bilan qo’shma ta’lim dasturi asosida kadrlar tayyorlash bo’yicha 2018/2019 o’quv yilidan boshlab 3 ta yo’nalishlar bo’yicha 60 nafar talabalar tahsil olmoqda.Oxirgi 3 yilda institutda 15 ta Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan shartnomalar asosida o’zaro xamkorlik ishlari olib borilmoqda. Rossiya Federatsiyasining CHelyabinsk shahridagi Janubiy-Ural davlat universiteti bilan hamkorlik o’rnatildi va kadrlar tayyorlash bo’yicha qo’shma ta’lim dasturi asosida 2019 yil 28 yanvardagi 14-sonli shartnoma imzolandi.
Rossiya federatsiyasi Qozon federal universiteti Naberejnochelniy instituti direktori Ganiev Mahmut Maxsudovich va direktor o’rinbosari Umarov Marat Fayzullaevichlar 2018 yil 12-14 dekabr kunlari qo’shma-hamkorlik asosida tashkil etilgan Filialning 60 nafar talabalariga ma’ruza va master klasslar o’tish uchun tashrif buyurdi.
2018 yil 11 dekabr kuni Federal universitet Energetika maktabi direktori dotsent P.A.Maryandshev va Energetika kafedrasi hamkorligida institutda “onlayn” ma’ruza tashkil etildi. Ma’ruzada Energetika kafedrasi professor-o’qituvchilari va kafedrada tahsil oluvchi 39-EL-16 va 40-EE-16 guruh talabalari ishtirok etdi.
Yosh o’qituvchi O.Abdullaeva “O’zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” nominatsiyasi hamda “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” nominatsiyalari bo’yicha Respublika miqyosida g’olib bo’ldi.
Institutda 2019 yil 4 yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 dekabrdagi “2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to’g’risida”gi Parlamentga Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini targ’ib qilishga hamda “Oliy ta’limni rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalari: xalqaro tajribalar va O’zbekiston amaliyoti” mavzusida elektron taqdimot mazmuni bo’yicha fakultetlar kesimida seminarlar tashkil etildi.
2019 yil 26 fevral kuni Toshkent avtomobil yo’llarini loyihalash, qurilish va ekspluatatsiyasi instituti tadqiqotchisi Miralimov Mirzoxid Xamitovichning 05.09.02 – “Asoslar, poydevorlar va yer osti inshootlari. Ko’priklar va transport tonnellari. Yo’llar, metropolitenlar” ixtisosligi bo’yicha “Совершенствование конструктивных решений, методов расчета обделок транспортных тоннелей и метрополитена” mavzudagi doktorlik dissertatsiyasi muhokamasi bo’lib o’tdi.

Prezident qaror va farmonlari
“Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko’rsatuvchi va o’quv- yordamchi hodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash to’g’risida ” gi qarorga o’zgartirishlar kiritish haqida(QQ-2859-1)

11.10.2018


“O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik o’quv bo’linmalarida yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil qilish va o’tkazish bo’yicha yo’riqnomani tasdiqlash haqida”(QQ-3025)

26.06.2018


“O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy hizmatni o’tagan va oliy ta’lim muassasalariga to’lov-kontrakt shakli asosida o’qishga qabul qilingan talabalarga moddiy yordam ko’rsatish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida ”(QQ-2999)

16.04.2018


“Oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag’lari(to’lov-kontrakt asosida o’qitish uchun tushumlarning faqat to’lov-kontrakt miqdorining oshirilgan qismi) hisobidan akademik litseylar uchun o’quv-laborotoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va o’quv qo’llanmalari sotib olish hamda akademik litseylarning o’qituvchi va o’quvchilarini moddiy qo’llab-quvvatlash tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”(QQ-2992)

05.04.2018


“O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt asosida tehsil olayotgan, O’zbekiston yoshlar ittifoqining faol azosi bo’lgan talabalarni moddiy qo’llab-quvvatlash tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida ”(QQ-2961)

10.01.2018


Barchasini ko`rish
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 26 noyabrdagi 87-01-822-son topshirig’i ijrosi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 13 sentyabrdagi 87-02-2967-son topshirig’i ijrosi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish to’grisida”gi 2018 yil 24 fevraldagi 186-son buyrug’i ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’grisida” 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-son Farmoni asosida tuzilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonasidan kelib tushgan murojaatlarning to’liq, xolis va o’z vagogida ko’rib chiqilishi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirlik va idorapar, xo’jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shahar va tumanlari hokimlarining “Jismoniy va goridik shaxslarning murojaatlari to’grisida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonun talablarini so’zsiz bajarish yuzasidan javobgarligi to’g’risida” 2016 yil 27 oktyabrdagi 366-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar.
Barchasini ko`rish
Hamkorlar
location_on
Namanagan shaxar
Islom Karimov ko`chasi 12-uy.
Devonxona: 998 69 234-14-30
Qabulxona: 998 69 234-15-23
Fax: 998 69 234-14-30
e-mail: nmqi_info@edu.uz
Barcha huquqlar muallif tomonidan himoyalangan 2017-2019. - AT MARKAZI
Dasturchi: Yuldashev Rasuljon
arrow_upward