phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


Institutda ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash faoliyati

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 maydagi PQ-304-sonli “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaror asosida Respublikadagi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlariga qo’shimcha yangi ixtisosliklar bo’yicha doktoranturalarga o’rinlar ajratildi.
2018 yilda institut tayanch doktorantlaridan 2 nafari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo’ldilar:
- doktorant N.Nishanov - 05.09.02 - Asoslar, poydevorlar va yer osti inshootlari. Ko’priklar va transport tonnellari. Yo’llar, metropolitenlar.
- doktorant A.Isomiddinov - 05.01.07-Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dastular majmui ixtisosligi bo’yicha (PhD) himoya qildi;
Institutda quyidagi 5 ta ixtisoslik bo’yicha jumladan 1 nafar doktorantura va 5 nafar tayanch doktoranturada jami 8 nafar doktorantlar ilmiy-tadqiqot olib boradilar.

Doktorantura ixtisosligi:

01.01.02 – Differentsial tenglamalar va matematik fizika;

Tayanch doktorantura ixtisosligi:
01.02.04 – Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi;
05.09.01– Qurilish konstruktsiyalari, bino va inshootlar;
02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi.
01.04.10 – Yarimo’tkazgichlar fizikasi;
02.00.17 – Qishloq xo’jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalar;