| | |
Saytdan izlash    
Namangan muhandislik-qurilish institutining ilmiy-tadqiqot faoliyatini ustuvor yo’nalishlari

– qurilish konstruktsiyalarini hisoblashni takomillashtirish, binolar va inshootlar zilzilabardoshligini tadqiq qilish, qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarishda material-energetik resurslar sarfini tejash. devorbop va bezakbop materiallar ishlab chiqarishda tejamkor zamonaviy texnologiyalardan foydalanib iqtisodiy samaradorlikni oshirish;
– axborotlarni qayta ishlash, boshqarish va himoya qilish, intellektual kompyuter tizimlarini yaratish, zamonaviy axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llashning samarali usullarini ishlab chiqish va multimedia texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
– elektron sanoati va energetika sohasi uchun zarur bo’lgan materiallarni tadqiq qilishning metodlarini yaratish. tabiiy va texnologik jarayonlarni fizik usullar bilan o’rganish va ularni boshqarish. fundamental fizika va elektronika fanlarini rivojlantirish;
– foydali qazilmalar, yer va suv resurslari va quyosh energiyasidan oqilona foydalanishning yuqori samarali usullarini ishlab chiqish va tayyor maxsulotlar yaratish texnologiyalarini takomillashtirish;
– elastiklik nazariyasining nostatsionar, dinamik va fazoviy masalalarini bir jinsli bo’lmagan yarim fazoda tadqiq qilish usullarini ishlab chiqish; – noorganik moddalar texnologiyasi, atrof-muhit muhofazasi va tabiiy manbaalardan samarali foydalanish;
– innovatsion yondashuv asosida pedagogik kadrlar tayyorlash va ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish strategiyalari va texnologiyalari; – uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish strategiyalari va texnologiyalari va boshqa sohalarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib bordilar.
Ushbu ustuvor yo’nalishlar asosida institutda 7 ta davlat granti loyihalari, 4 ta patent, 3 ta dasturiy guvohnomalar, viloyatdagi 27 ta korxona va tashkilotlar bilan xo’jalik shartnomalari hamda innovatsion hamkorlik ishlari bajarildi. Doktorlik dissertatsiya ishlari, darslik, o’quv qo’llanma, monografiya, BMI, MD, kurs loyihalari, o’quv amaliyotlari amalga oshirildi.
Ilmiy-amaliy anjumanlar va ilmiy seminarlar tashkil etildi.

QABUL KOMISSIYASI RAISLARI
Prezident qaror va farmonlari
Hamkorlar
location_on
Namanagan shaxar
Islom Karimov ko`chasi 12-uy.
Devonxona: 998 69 234-14-30
Qabulxona: 998 69 234-15-23
Fax: 998 69 234-14-30
e-mail: nmpi_info@edu.uz
Barcha huquqlar muallif tomonidan himoyalangan 2017-2019. - AT MARKAZI
Dasturchi: Yuldashev Rasuljon
arrow_upward