| | |
Saytdan izlash    
Namangan muhandislik-qurilish instituti ilmiy-tadqiqot faoliyati

2018 yilda institut olimlari tomonidan: 2017-2020 yillarga mo’ljallangan 2 ta yirik fundamental: OT-F2-70-“Kuchli elektromagnit maydondagi nano o’lchamli yarimo’tkazgich parametrlariga harorat, deformatsiya va yorug’likning ta’siri” (prof. G’.G’ulomov rahb.) va OT-F2-71 – “O’ta yuqori chastotali elektromagnit maydondagi deformatsiyalangan r-n-o’tish volt-amper xarakteristikaga yorug’likning ta’srini tadqiq etish” (f-m.f.d.M.Dadamirzaev rahb.), 3 ta amaliy: MV-Atex-2018-158 – “Fermer va dehqon xo’jaliklari uchun kichik hajmdagi kartoshka kovlagich loyihalash” mavzusidagi amaliy loyiha (prof.N.G.Boyboboev), OT-Atex-2018-218–“Tunnel, uning atrofidagi grunt va tog’li massivlarning kuchlanish-deformatsiya holatini baholash (seysmik kuchlar ta’sirida)” mavzusidagi amaliy loyiha (loyiha rahbari dots. S.I.Umarxonov), OT-A3-23 – “Energiya tejamkor vositalar asosida o’quv-ko’rgazmali qurollar yoki xalq xo’jaligining turli sohalarida foydalanish uchun optik qurilma tayyorlash” (dots. S.Boydadaev), PZ-20170925154 –“O’zbekistonning qadimiy monumental san’at asarlariga munosib nomlar qo’yish, asl ko’rinishini grafik hamda kompyuter grafikasida qayd qilish (dots.SH.Abduraxmanov), 1 ta innovatsion: IOT-2017-5-7 – Maishiy chiqindilarni to’plash va qayta ishlash uchun ekologik bexatar va chiqitsiz texnologiyani ishlab chiqish asosida chorva oziqa bazasini rivojlantirish (dots.R.Ahmedov) bo’yicha davlat granti dasturi doirasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi va jami Davlat grant dasturi doirasidagi loyihalar bo’yicha 445,477mln.so’m hajmdagi ilmiy-tadqiqot ishlari bajarildi.
Fundamental loyihalarning bajarilishi:
OT-F2-70. Kuchli elektromagnit maydondagi nano o’lchamli yarimo’tkazgich parametrlariga harorat, deformatsiya va yorug’likning ta’siri bo’yicha:

- yuqori harorat va kuchsiz magnit maydonlarda de Gaaz-van Alfen ostsillyatsiyalari nazariyasi yaratildi. Ushbu nazariya asosida tajriba natijalari tushuntirildi;
- taklif etilgan model yordamida SHdG ostsillyatsiyasini haroratga bog’liqlik nazariyasi ishlab chiqildi;
- tsiklotron effektiv massani aniqlashni yangi usuli ishlab chiqildi va ushbu metod asosida tajriba natijalari tushuntirildi;
- noparabolik dispersiya qonuni uchun kvant ostsillyatsion hodisalarni haroratga bog’liqligini aniqlovchi mukammal dasturi yaratildi.
OT-F2-71. O’ta yuqori chastotali elektromagnit maydondagi deformatsiyalangan r-n-o’tish volt-amper xarakteristikaga yorug’likning ta’srini tadqiq etish bo’yicha:
- O’YuCH maydondagi deformatsiyalangan p-n-o’tishda paydo bo’luvchi EYuK va toklarni tadqiq etildi;
- yarimo’tkazgichlarda elektronlar kontsentratsiyasining o’zgaruvchan deformatsiyaga bog’liqligini tadqiq etildi.Yarimo’tkazgichlarda elektronlar kontsentratsiyasini o’zgaruvchan deformatsiyasiga bog’liqligi asosida olib borilgan tadqiqotlar asosida elektronlar ortiqcha kontsentratsiyasining deformatsiyaga bog’liqligi -«kontsentratsiya-deformatsiya-sirtmog’i» namunaga qo’yilgan deformatsiyaning amplituda va chastotasiga bog’liqligini aniqlandi;
- bir tomonli deformatsiya ta’sirida zaryad tashuvchilar qizishini va xususiy kontsentratsiyaning temperaturaviy bog’liqligini hisobga olgan holda p-n-o’tish VAX si ifodasini olindi;
- yarimo’tkazgichlardagi de-formatsion effektlarni ikki va uch o’lchovli fazoda tasvirlandi va ularni taqqoslab, analiz qilindi.Yarimo’tkazgichlarda deformatsiya ta’sirida rekombinatsiya markazlari kontsentratsiyasining o’zgarishini fazaviy portretlarning yopiq va ochiq traektoriyasi bo’yicha tahlil qilindi. O’YuCH maydonidagi deformatsiyalangan p-n-o’tish VAX tadqiq qilindi;

Amaliy loyihalarning bajarilishi:
MV-Atex-2018-158- Fermer va dehqon xo’jaliklari uchun kichik hajmdagi kartoshka kovlagich loyihalash bo’yicha:

- muammoning hozirgi xolati O’zbekistonda va xorijda o’tkazilgan ilmiy-tadqiqot ishlari asosida tahlil qilindi;
- loyihaning vazifalari aniqlashtirildi va ularni xal etish usullari o’rganildi;
- patent izlanishlar o’tkazildi va patent olish uchun talabnoma tayyorlandi va intlektual mulk agentligiga jo’natildi;
- kovlagich elevatorining texnologik sxemasini chizmalari tayyorlandi va konstruktsiyasi asoslandi. Kartoshkani elevatorda saralanish jarayonini tezlashtiruvchi ishchi qismlar nazariy taxlil qilindi. Elastik barmoqli baraban sxemasi, barmoqlarni joylashishi va shakli aniqlandi;
- o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida ilmiy maqolalar chop etildi.
OT-Atex-2018-218- Tunnel, uning atrofidagi grunt va tog’li massivlarning kuchlanish-deformatsiya holatini baholash (seysmik kuchlar ta’sirida bo’yicha:
- tunnelning mexanik xarakteristikalarini aniqlash usullari va dinamik kuchlar ta’sirida kuchlanganlik-deformatsiya xolatini aniqlash uchun mavjud hisob usullari tahlil etildi, mavjud usullarning ustunlik tomonlari va kamchiliklarini aniqlandi va yangi mukammal hisob usuli ishlab chiqish uchun omil yaratildi;
- grunt va tog’li massivlarning plastik, reologik, namlanganlik va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan matematik modellarini tahlil etildi. CHekli ayirmalar usuliga asoslanib, umumiy holda qo’yilgan masalani yechish uslubi ishlab chiqildi;
- olingan chekli ayirmalar munosabatlarini tahlil etildi. Ularni aproksimatsiya tartibi, aniqlik darajasi, ustuvorligini (turg’unligini) ta’minlovchi shart va omillarni aniqlandi;
- tuzilgan uslub yordamida EHMda dastur tuzildi va 1 ta EHM dasturiga guvohnoma olindi.

OT-A3-23. Energiya tejamkor vositalar asosida o’quv-ko’rgazmali qurollar yoki xalq xo’jaligining turli sohalarida foydalanish uchun optik qurilma tayyorlash bo’yicha:
- an’anaviy qo’rgazmalilikdan foydalanilgan darslarda talabalarning o’zlashtirish, mavzuni tushinish darajasini aniqlandi;
- tayyorlangan optik qurilma (ko’rgazmali qurol) ni dars jarayoniga joriy qilish orqali talabalarning o’zlashtirish darajalarini aniqlandi va baholandi;
- sinovdan o’tkazilgan ikkala jarayonlar samaradarligining solishtirma tahlili olib borildi;
- yillik tadqiqotning reja bo’yicha bajarilganligi va natijalarini joriy etish uchun qabul qilinganligi to’g’risida dalolatnoma va ilmiy kengash xulosasi olindi.
Innovatsion loyihalarning bajarilishi:

I-OT-2017-5-7. Maishiy chiqindilarni to’plash va qayta ishlash uchun ekologik bexatar va chiqitsiz texnologiyani ishlab chiqish asosida chorva oziqa bazasini rivojlantirish bo’yicha:
- maishiy chiqindilarni turlarga ajratish va paketlarda qabul qilish bo’yicha uslubiy ko’rsatma ishlab chiqildi va chop etish uchun tayyorlandi;
- O’zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligiga “Quyoshli quritish-sovutish qurilmasi”ga patent olish uchun talabnoma ramiylashtirildi;
- maishiy chiqindilarni qayta ishlash samarali texnologiyasini va chorva oziqasini quritish qurilmasi tajriba nusxasi joriy etildi;
- “Texnologicheskie ustanovki sushki selskoxozyaystvennыx produktov i ix otxodov s ispolzovaniem solnechnoy energii” nomli monografiyani chop etish uchun nashriyot grifi olindi;
- “O’ZSTANDART” Agentligida TN VED (Versiya 2017) kod rasmiylashtirildi;
- O’zbekiston Respublikasi davlat veterinariya qo’mitasi Namangan viloyati hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari havfsizligi davlat markazidan tekshirish xulosasi (ekspertiza) rasmiylashtirildi.

Prezident qaror va farmonlari
“Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko’rsatuvchi va o’quv- yordamchi hodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash to’g’risida ” gi qarorga o’zgartirishlar kiritish haqida(QQ-2859-1)

11.10.2018


“O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik o’quv bo’linmalarida yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil qilish va o’tkazish bo’yicha yo’riqnomani tasdiqlash haqida”(QQ-3025)

26.06.2018


“O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy hizmatni o’tagan va oliy ta’lim muassasalariga to’lov-kontrakt shakli asosida o’qishga qabul qilingan talabalarga moddiy yordam ko’rsatish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida ”(QQ-2999)

16.04.2018


“Oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag’lari(to’lov-kontrakt asosida o’qitish uchun tushumlarning faqat to’lov-kontrakt miqdorining oshirilgan qismi) hisobidan akademik litseylar uchun o’quv-laborotoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va o’quv qo’llanmalari sotib olish hamda akademik litseylarning o’qituvchi va o’quvchilarini moddiy qo’llab-quvvatlash tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”(QQ-2992)

05.04.2018


“O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt asosida tehsil olayotgan, O’zbekiston yoshlar ittifoqining faol azosi bo’lgan talabalarni moddiy qo’llab-quvvatlash tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida ”(QQ-2961)

10.01.2018


Barchasini ko`rish
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 26 noyabrdagi 87-01-822-son topshirig’i ijrosi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 13 sentyabrdagi 87-02-2967-son topshirig’i ijrosi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish to’grisida”gi 2018 yil 24 fevraldagi 186-son buyrug’i ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’grisida” 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-son Farmoni asosida tuzilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonasidan kelib tushgan murojaatlarning to’liq, xolis va o’z vagogida ko’rib chiqilishi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirlik va idorapar, xo’jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shahar va tumanlari hokimlarining “Jismoniy va goridik shaxslarning murojaatlari to’grisida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonun talablarini so’zsiz bajarish yuzasidan javobgarligi to’g’risida” 2016 yil 27 oktyabrdagi 366-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar.
Barchasini ko`rish
Hamkorlar
location_on
Namanagan shaxar
Islom Karimov ko`chasi 12-uy.
Devonxona: 998 69 234-14-30
Qabulxona: 998 69 234-15-23
Fax: 998 69 234-14-30
e-mail: nmqi_info@edu.uz
Barcha huquqlar muallif tomonidan himoyalangan 2017-2019. - AT MARKAZI
Dasturchi: Yuldashev Rasuljon
arrow_upward