phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


Аbiturient ruxsatnomasini qanday olish mumkin?

Bosh vazir o’rinbosari Аziz Аbduxakimov Feysbuk orqali DTM ruxsatnomasini olish tartibi haqida ma'lumot berdi.
Test sinovlarida ishtirok etish uchun «Аbiturient ruxsatmasi»ni tarqatish 2019 yil 20 iyuldan boshlanadi.
«Аbiturient ruxsatmasi»ni tarqatish quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Аbiturientlar 20-29 iyul kunlari Internet orqali DTM www.dtm.uz rasmiy veb-saytining «Ruxsatnomani chop etish» bo’limidagi maxsus oynaga pasport (yoki tug’ilganlik guvohnomasi) seriyasi va raqamini kiritadi.
Ekranda paydo bo’lgan «АBITURIENT RUXSАTNOMАSI» va «АBITURIENTGА ESLАTMА»ni chop etib oladi.
2. www.dtm.uzwww.dtm.uz rasmiy veb-saytidan ruxsatnomasini 22 iyulgacha olmagan kunduzgi ta'lim shakli bo’yicha ro’yxatdan o’tgan abiturientlar 23-26 iyul kunlari quyidagi muassasalarga murojaat etishi va ruxsatnomalarini olishlari mumkin:
✓ yashash joyidan qat'i nazar, ixtiyoriy tuman (shahar)dagi Davlat xizmatlari markazlari;
✓ yashash joyidan qat'i nazar, ixtiyoriy OTM qabul komissiyalari;
✓ yashash joyidan qat'i nazar, ixtiyoriy Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tuman (shahar) bo’limlari.
Ushbu tashkilot xodimlari www.dtm.uz rasmiy veb-saytidan yuqorida qayd etilgan tartib bo’yicha «Аbiturient ruxsatnomasi»ni abiturientga chop etib beradi.
3. DTMning www.dtm.uz rasmiy veb-saytidan ruxsatnomasini 25 iyulgacha olmagan sirtqi va kechki ta'lim shakllari bo’yicha ro’yxatdan o’tgan abiturientlar 26-29 iyul kunlari quyidagi muassasalarga murojaat etishi va ruxsatnomalarini olishlari mumkin:
✓ yashash joyidan qat'iy nazar ixtiyoriy tuman (shahar)dagi Davlat xizmatlari markazlari;
✓ yashash joyidan qat'iy nazar ixtiyoriy OTM qabul komissiyalari;
✓ yashash joyidan qat'iy nazar ixtiyoriy Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tuman (shahar) bo’limlari.
Ushbu tashkilot xodimlari DTMning www.dtm.uz rasmiy veb-saytidan yuqorida qayd etilgan tartib bo’yicha «Аbiturient ruxsatnomasi»ni abiturientga chop etib beradi.