Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


QO’L TELEFONISIZ BIR KUN IJTIMOIY AKSIYASI


2020-yil 16 yanvar kuni Qurilish fakulteti dekanati tomonidan belgilangan ish rejaga asosan, fakultet talaba – yoshlari ongida qo’l telefonidan foydalanish, Vazirlar Mahkamasining shu doiradagi qarorlarini talabalarga yetkazish hamda “Odob-axloq qoidalarida” telefonlardan foydalanishni tartibga solinganligi bo’yicha “Qo’l telefonisiz bir kun” ijtimoiy aktsiyasi o’tkazildi.

Mazkur aksiyada fakultet dekaning yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosari X.Nishonov, fakultet yoshlar yetakchisi O.Umarov, 1-bosqich 18-BIQ-19-guruh rahbari A.Satimovlar hamda 18-BIQ-19 guruh talaba-yoshlari ishtirok etdilar.
Fakultet dekaning yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosari X.Nishonov bugungi aksiya doirasida o’tkazishdan maqsadni barcha talabalarga tushuntirib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21-may kuni “Ta’lim 

muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 139-sonli qarorini bandma-band batafsil tushunchalar berdi.

Aksiya doirasidagi davra suhbati yakunida talabalarni mazkur yo’nalishda qiziqtirgan savollariga javoblar berildi. Axborotlar xavfsizligi va bilib-bilmasdan telefonlardan noto’g’ri holatlarda foydalanish bo’yicha ogohlikka chaqirdi.
Shuningdek, Yaponiya davlati misolida mobil telefonlardan foylanish tartiblarini talabalarga malumot tarzida yetkazildi.