Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


Halollik-o’zlikni anglash demak


2020-yil 15-yanvar kuni Namangan muhandislik-qurilish instituti “Muhandislik kommunikatsiyalari”  fakultetining professor-o’qituvchilari ishtirokida “Halol nima, xarom nima” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatida  Namangan viloyati jamoat va diniy tashkilotlari bilan aloqalar kotibiyati mudiri M.Ubaydullayev, O‘zbekiston musulmonlar idorasi Namangan shahar Imom Buhoriy jome' masjidi imom hatibi K.Sulaymonovlar qatnashdilar.
 Tadbirni institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori J.Jakbarov kirish so‘zi bilan ochdi. U halol va xarom -axloqshunoslikning tushunchalari boʻlib, jamiyat aʼzolari zimmasiga yuklatilgan axloqiy-huquqiy talablarning vijdonan bajarilishini yoxud, shaxsiy yoki guruh manfaatlarini koʻzlab oshkora yoki pinxona buzilishini anglatishi haqida gapirdi.
K.Sulaymonov  o‘z so‘zida halol insonning dili, yo‘li to‘g‘ri, darajasi ulug‘ bo’lishini, muqaddas Islom dini ta’limotlarida halol va haromning farqini ajrata bilish musulmon inson uchun o‘ta zaruriy farz amal hisoblanishi haqida gapirdi. U musulmon olamining muqaddas kitobi “Qur’oni Karim’ oyatlari va payg’ambarimiz  hadisi shariflari asosida misollar keltirib, yaxshi amallar inson kamoloti, aks harakatlar esa insonni odamiylik tuyg’usidan yiroqlashtirishini aytib o’tdi.
M.Ubaydullayev shariatda musulmonlar uchun qatʼiy ta’qiqlangan xatti-harakatlar, ishlar, yeyish man qilingan oziq-ovqatlar, halollikningning ziddi bo’lgan, islom diniga koʻra, nohaq odam oʻldirish, mast qiluvchi ichimliklar ichish, oʻlimtik hayvonlar goʻshti, Allohning ismi aytilmay soʻyilgan hayvonlar goʻshti, qimor, oʻgʻirlik, yolgʻon gapirish, birovning haqqini yeyish, odamlarni haqorat qilish, ularga yomon nom qoʻyish, orqasidan gʻiybat qilish, tuhmat, girromlik, fohishalik, zinokorlik, oʻz soʻzini, ichgan qasamini buzish, sudxoʻrlik, poraxoʻrlik, shariat man qilgan yoʻl bilan qilingan savdo-sotiqdan topilgan har qanday mol-mulk va haromligini tushuntirdi.

Zero, foydalanish xarom etilgan, istifoda qilgan kishiga faqat zarar beradigan oʻsimliklarni ekish, parvarish qilish (u narsadan oʻzi foydalanmasa ham) halol boʻlmaydi. Shariatda harom ishlarga odatlangan odam gunohkor boʻlish bilan birga hayotda xorlik, sharmandalik, qashshoqlik va tuzalmas ogʻir kasallikka giriftor boʻlishi taʼkidlanadi.

Ta’limni korrupsiyadan holi qilish, talabalar bilimini baholash jarayonlarida ilm-ma’rifatni pul bilan o’lchashni oldini olish, kasbga sadoqatli bo’lish, o’zgalar taqdirini o’z taqdiri kabi hurmat qilish, bo borada halollik va nopoklik tuyg’ularini to’g’ri baholay bilish har bir oliy ta’lim tizimi mutaxassislarining vazifasi ekani borasida tadbir ishtirokchilari o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Bildirilgan fikrlarda, ayniqsa, bu tushunchalar oilada ota-ona, yaqin qarindoshlar, ustozlar, mahalla, qo’ni-qo’shnilar tomonidan farzandlarga singdirib borilishi muhimligini misollar yordamida tahlil qilindi. Bu borada har qanday inson eng avvalo, o’zini tarbiyalashi maqsadga muvofiqdir.