Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


“Vatanparvarlik oyiligi”


Akademik litseyda “14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni bayramining ahamiyati, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishda, ayniqsa, yoshlarni  vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining o‘rni va ahamiyatini tushuntirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2019-yil 13-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoyishi ijrosini  ta’minlash maqsadida 2019-yil 15-dekabrdan 2020-yil 15-yanvargacha litseyda “Vatanparvarlik oyligi” o‘tkazildi.

Vatanparvarlik-milliy yuksalish kafolati!” shiori ostida yoshlar o‘rtasida harbiy- vatanparvarlik  mavzusidagi “ Men albatta harbiy bo‘laman!” mavzusida  insholar tanlovi o‘tkazildi. Tanlov natijasiga ko‘ra 211- va 119- maxsus(harbiy) guruh  o‘quvchilariD.Axmadjonov va S.Alijonovlar g‘olib deb topildi va  litsey ma’muriyatining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandilar.

Oylik davomida guruhlarda  guruh rahbarlari tomonidan o‘quvchilar ishtirokida  “Men ham Vatanimga xizmat qilaman”  shiori ostida  sport musobaqalari o‘tkazildi hamda devoriy gazetalar  chiqarildi.

Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Qrolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi hamda “14- yanvar-Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan  2020-yil 13-yanvar kuni  o‘quvchi-yoshlar  ishtirokida  davra-suhbati  o‘tkazildi.

        

    Davra suhbatida Ichki Ishlar vazirligiga qarashli Namangan shahrida joylashgan 7254 –sonli harbiy qism vakillari kichik serjantlar D.Raxmonov  va D.Ergashev, oddiy askarlar U.Mamatqulov  va A.Jabborov, “Milliy gvardiya”  xizmatchilari M.Qobulov ,        G‘.Xamraxo‘jayev, litsey ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Davlatov, chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbari A. Erkaboyev hamda fan o‘qituvchilari, 180 nafar o‘quvchilar qatnashdilar.

                 Muhim sanaga bag‘ishlab guruhlarda  guruh rahbarlari va tajribali o‘qituvchilar tomonidan “Ajdodlar qahromonligi-yoshlarga ibrat”, “Vatanim taqdiri-mening taqdirim”, mavzusida ma’naviyat soatlari o‘tildi.

Litseyning iqtidorli   hamda maxsus (harbiy) guruh o‘quvchilari tomonidan “Vatanparvarlik-milliy yuksalish kafolati!” mavzusidagi adabiy-badiiy tadbirlar tashkil etildi.

Mu2020-yil 14-yanvar kuni Namangan muhandislik-qurilish instituti “Qurilish texnologiya, fakulteti yoshlar bilan ishlash  bo‘yicha dekan o’rinbosari A.Mamadaliyev rahbarligida  muhim sanaga bag‘ishlangan “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Unda institutning 1ta va litseyning 2 ta jamoasi ishtirok etdilar.Vatan himoyachilari  kuniga bag‘ishlab “Vatanparvarlik-milliy yuksalish kafolati!” shiori ostida o‘g‘il bolalar ishtirokida  “Balli yigitlar”  tanlovi tashkil etildi.Tanlovda 6 nafar o‘quvchilar 5 ta shart bo‘yicha bellashdilar va 211-maxsus(harbiy ) guruh o‘quvchisi S.Xolmamatov g’olib chiqdi va ma’muriyat tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.