Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


TRANSPORT LOGISTIKASI VA XIZMATLAR SOHASI KAFEDRASIDA ILMIY SEMINAR O’TKAZILDI


Transport fakulteti Transport logistikasi va xizmatlar sohasi kafedrasi o’qituvchisi X.Soliyev tomonidan  Keng qamrovli ekish va qator oralariga ishlov berish agregatlarining ratsional tarkibini asoslash mavzusida ilmiy seminar o’tkazildi.
Ushbu seminarda “Transport logistikasi va xizmatlar sohasi kafedrasi mudiri A.Normirzyev, professor N.Boyboboyev, tfd. M.Mansurov, dotsent A.Nuriddinov, PhD S. Temirov, katta o’qituvchilar X. Ataxonov, K.Narzullayev, U.Xidirov o’qituvchilar A.Ustaboyev, D.Abdulhayev hamda magistr-talabalar qatnashdilar.
H.Soliyev ilmiy seminar qatnashchilariga  keng qamrovli chigit ekish seyalkasi va paxtachilik kultivatorini 4K4 g’ildirak formulali traktor bilan ratsional agregatlash, ularning ekspluatatsion-texnologik va texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini oshirish mashinalariga bag’ishlangan ma’ruzasini tag’dim etdi. 


Mutaxassisning tadqiqot ishi aynan shu masalalardan biri bo’lgan  qishloq xo’jaligi mashinalari, shu jumladan, paxtachilik mashinalarining qamrash kengligi qatorlar (ishchi organlar) sonini ko’paytirish usullarini rivojlantirishga bag’ishlangan. Shu sababli agregatlarning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini baholash ilmiy tadqiqotlar olib borish shu kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
O’qituvchi H.Soliyev ilmiy mavzusi yuzasidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlari to’g’risida batafsil ma’lumot berdi. Ilmiy-metodik seminar davomida qatnashchilar mutaxassisning ilmiy faoliyatidan ko’zlangan asosiy maqsadlari bilan yaqindan tanishdilar. Muzokaraga kafedra professorlari N.Boyboboyev va M.Mansurov hamda A.Normirzaeyvlar so’zga chiqib,  o’z fikrlarini bildirdilar.
Qatnashchilar olib borilayotgan tadqiqotga muvofiq o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.