Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


Talabalik baxti


2020-yil 16-yanvar kuni Qurilish fakulteti “Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi” va fakultetning yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari X.Nishonov, yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi O. Umarovlar “Bino inshootlari qurilishi” yo’nalishi 1-bosqich 18-BIQ-19 va 19-BIQ-19 guruh talabalari bilan “Talabalik baxti” deb nomlangan tadbir o’tkazdilar.
Tadbirda X. Nishonov so‘zga chiqdi. U talabalarni oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘lganliklari bilan tabrikladi. O‘zbekistonda ilm-fanga qiziqish yuqoriligini, turli fan vakillari salohiyati darajalari va erishgan yutuqlari haqida ta’kidladi. Mamlakatimizda ilm-fan borasida ulkan yutuqlarga erishgan mutafakkir olimlar va ularning fan sohasidagi juda ko‘plab yangiliklari aytib o’tildi.
Xususan, birinchi kursga qabul qilingan talabalarning kelajakda olim, yetuk mutaxassislar bo’lib yetishib chiqishiga umidvorlik hissi bayon etildi.

Qurilish fakulteti dekani A. To’xtaboyev birinchi kursga qabul qilingan talabalarni talaba bo‘lganliklari bilan qutlab, ularning o‘qishlariga muvaffaqiyatlar tiladi. Ular bilim olish jarayonida turli o’z yo’nalishlarida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari, ilmiy yangiliklar yaratishlari mumkinligini, bu jabhada ularga institutda keng imkoniyatlar yaratilganligini ta’kidladi.
Tadbirda kirish testlari va ijodiy imtihonlarda yuqori ball to‘plagan talabalarga talabalik guvohnomasi va reyting daftarchalari institut dekani va guruh murabbiylari tomonidan taqdim etildi.