Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


ISHLAB CHIQARISH BILAN UZVIY HAMKORLIK


2020-yil 17-yanvar kuni institut 1-bino 108 xonasida Qurilish fakulteti dekani A.To’xtabayev rahbarligida viloyat hokimligining yagona buyurtmachi injenering kompaniyasi raisi D.Madmusayev ishtirokida “Talabalarni munosib ish joylarga ega bo’lishi va ishlab chiqarish bilan uzviy hamkorlik” mavzusida ochiq-muloqot o’tkazildi.
Mazkur ochiq muloqotda Qurilish fakultetining 4-bosqichdagi guruhlardan
37-38-38a – QHAL-16 guruhlari talabalari ishtirok etdilar.
Muloqot o’zaro savol-javoblar tarzida o’tkazildi. Ma’ruzachi yagona buyurtmachi injenering kompaniyasi raisi D.Madmusayev o’z tashkilotining maqsadi va vazifasi, hududlarda amalga oshiriladigan qurilish ishlarini tartiblari va tender tanlovlari bo’yicha batafsil tushuntirishlar berib o’tdi.

Shuningdek, 2020-yilda amalga oshiriladigan qurilish dasturlarida mutaxassislik yo’nalishiga qarab barcha talabalarni amaliyotlar tarzida ish faoliyatlarini bemalol hududlardagi obyektlarda amalga oshirish imkoniyatlari borligi to’g’risida qo’shimcha tarzida aytib o’tdi.
Fakultet talabalaridan (17 nafari) X.Olimjonov, Sh.Mirziyoyev, M.Toshmirzayeva kabilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
Mazkur ochiq muloqotda fakultet dekaning o’quv va yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosarlari B.Jo’rayev, X.Nishonovlar ishtirok etdilar.