Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


Talabalikka bag’ishlov va reyting daftarcha, talabalik guvohnomalarini topshirish tadbiri


2020-yil 17-yanvar kuni Namangan muhandislik-qurilish instituti Transport fakultetining faollar zalida Transport fakulteti tomonidan 2019-2020 o’quv yilida o’qishga qabul qilingan talabalarning Talabalikka bag’ishlov va reyting daftarcha, talabalik guvohnomalarini topshirish tadbiri tashkil etildi.
Tadbirni Transport  fakulteti dekani J.Xolmirzayev kirish so’zi bilan ochib, tadbir mazmuni, maqsad va vazifalari nimalardan iborat ekanligi bilan talabalarni tanishtirib o’tdi.
Tadbirda fakultetni iqtidorli talabalari qo’lga kiritgan natijalari to’g’risida  gapirib o’tdi va fakultetning iqtidorli yoshlarini faxriy yorliq, esdalik sovg’alari bilan taqdirladi.

Shuningdek, Talabalikka bag’ishlov va reyting daftarcha, talabalik guvohnomalarini topshirish tadbirining asosiy qismida talabalarga Transport fakulteti dekani J.Xolmirzayev, dekan muovinlari va kafedra mudirlari tantanali ravishda topshirishdilar.