Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


MАRG’ILONLIK O’QUVCHI-YOSHLАR BILАN UCHRАSHUV


2020 yil 18 yanvar kuni Namangan muhandislik-qurilish instituti Mashinasozlik fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari B.Nabiev, oliy matematika kafedrasi dotsenti O.Egamberdiev, fizika kafedrasi o’qituvchisi Sh.Nazarovlar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Аdminstratsiyasining 2019 yil 28 dekabrdagi 405-sonli buyrug’i asosida Marg’ilon shahar 32-umumiy o’rta ta'lim maktabida bo’lib o’quvchi yoshlar hamda fizika, matematika fan o’qituvchilariga fakultativ dars mashg’ulotlari o’tdilar. Darsda jami 40 nafar 10-;11-sinf o’quvchilar hamda 4 nafar o’qituvchilar ishtirok etdilar. Tashrif buyurgan o’qituvchilar tomonidan o’quvchi-yoshlarga oliy ta'limga o’qishga kirish yuzasidan hozirgi mavjud yangiliklar bo’yicha tushunchalar berildi. Ma'ruzachilar tomonidan 2020-2021 o’quv yilidan kirish imtihonlari majburiy blokiga qo’shilgan matematika, o’zbekiston tarixi fanlari bo’yicha yangiliklar va savollar tushadigan darsliklar to’g’risida ma'lumotlar ham keltirib o’tildi. 


O’quvchilarda ayniqsa, dotsent O.Egamberdievning noa'nanaviy tarzda o’tib bergan darsi juda katta taassurot qoldirdi. O’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar. Oliy ta'limga o’qishga kirish istagi bor o’quvchilarning qiziqishlari yanada ortdi.