Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


Talabalar “Barkamol avlod” bolalar maktablari va “Bolalar kutubxonalari”da amaliyot o‘taydilar.


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2020- yil 27-yanvarda imzolangan qo‘shma qarorda bu borada tegishli normalar kiritildi.
 
Qo‘shma qarorga muvofiq, 2020-yilning 1 fevralidan boshlab 2021-yilga qadar tegishli OTMlarning 17 447 nafar talabasi respublikadagi 213 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi va 12 ta “Bolalar kutubxonalari”da amaliyot olib borishadi.
Talabalar amaliyot davomida Prezident tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etadi, o‘quvchilarni to‘garaklarga jalb qilish, ularga o‘z iqtidorini namoyon qilishga yordam beradi.
Toshkent shahridagi Turin politexnika va Inxa universiteti talabalari esa o‘quvchilarga robototexnika, mexatronika hamda dasturiy ta’minotni o‘rgatishadi.
Pedagogik amaliyotda faol ishtirok etgan va tashabbus ko‘rsatgan talabalar vazirlik sertifikati bilan taqdirlanadi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish
https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-AudocFp7PIMcQ