Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


2020-yilda 530 ta xalqaro va respublika miqyosidagi anjuman o‘tkaziladi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-fevraldagi 56-f-sonli farmoyishi bilan 2020-yilda mamlakatimizda o‘tkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy hamda ilmiy-texnik anjumanlar rejasi tasdiqlandi. 
 Unga ko‘ra, 2020 yilda:
 186 ta xalqaro;
 344 ta respublika miqyosida;
 jami 530 ta ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar o‘tkaziladi.
Xalqaro va respublika miqyosidagi o‘tkaziladigan anjumanlar quyidagi 7 ta yo‘nalishda tashkil etiladi:
iqtisodiyot, davlat va jamiyat qurilishi;
neft va gaz, energetika, energiya va resurs tejamkorligi;
 axborot va axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari;
qishloq va suv xo‘jaligi;
 tibbiyot, farmakologiya va sport;
sanoat, ishlab chiqish, transport va logistika;
geologiya-minerologiya, seysmologiya va seysmik barqarorlik, qurilish va arxitektura;
fan va ta’lim.
 
O‘tkaziladigan anjumanlarning yakuniy natijalarga ko‘ra qabul qilingan tavsiya va qarorlar asosida har bir hududdan dolzarb 3 ta mavzuda belgilangan  tartibda davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida tanlov e’lon qilinadi.
 
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish????????????
https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-AudocFp7PIMcQ2020 yilda 530 ta xalqaro va respublika miqyosidagi anjuman o‘tkaziladi