Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


Shaxsdagi qobiliyatlilik darajasini aniqlash


2020-yil 11-fevral kuni Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti “Iqtisodiyot” kafedrasi o’qituvchisi U.Xolmirzayev, 34-KI-19 guruh talabalari, institut psixologi F.Sharipova bilan birgalikda “Shaxsdagi qobiliyatlilik darajasini aniqlash” borasida psixologik test o’tkazdilar. Bugungi kunda psixologik testlar o’tkazilishi talablarning o’z qobiliyatlarini bilishlariga katta poydevor bo’ldi. Ushbu dars mashg’ulotida psixolog F.Sharipova talabalarga ushbu testning o’tkazilish sabablari va ahamiyatini tushuntirib o’tdi. Har bir talabaga test varaqalari berildi va ular o’zlarining fikrlash doirasi asosida test savollariga javob berdilar. Shu o’rinda guruh murabbiyi U.Xolmirzayev talabalarning kelgusida ushbu qobiliyatlaridan mustaqil hayotlarida samarali foydalanishlari o’z natijasini berishini aytib o’tdi.