Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


Stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibiga bag’ishlandi


2020-yil 10-fevral kuni 2 bino 217 auditoriyada Mashinasozlik fakulteti dekani M.Mansurov boshchiligida fakultet professor-o‘qituvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvarda qabul qilingan “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 59-qarori bo‘yicha fakultet yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Fakultet dekani M.Mansurov ushbu qarorni o‘qib eshittirdi va 2020-yil 8- fevral kuni Oliy ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari S.Buzrukxonov boshchiligida o‘tkazilgan videoselektorda ushbu qaror muhokamasi bo‘lib o‘tganligini professor-o‘qituvchilarga etkazdi. Yig‘ilishda professor-o‘qituvchilar qaror yuzasidan o‘zlarni qiziqtirgan savollarga  javoblar  oldilar. Yig’ilishda ushbu qarorni barcha guruh murabbiylari talabalarga etkazishi va tushuntirishi muhimligi vazifasi yuklandi.