Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


“Qizlar davrasi”da ko’rik tanlovi o’tkazildi


Namangan muhandislik-qurilish instituti “Mashinasozlik” fakulteti talaba-qizlari o’rtasida  2020-yil 11-fevral kuni  “Qizlar davrasi”da ko’rik tanlovi o’tkazildi.
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev yoshlarimizga bo’lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, adabiyot, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish, kitobxonlikni targ’ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga alonida urg’u bermoqdalar.
Turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning ma’naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish har qachongidan ham dolzarbroq ekanini zamonning o’zi ko’rsatib turibdi.
Shu bois Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus katta ahamiyat kasb etmoqda.

 Institut rektorining 28-yanvar 2020-yildagi  buyrug’iga asosan, joriy yilning 11-fevral kuni “Mashinasozlik” fakulteti qizlari o’rtasida birinchi tashabbus bo’yicha  “Qizlar davrasi” da ko’rik tanlovi o’tkazildi.
Ko’rik tanlovning asosiy maqsadi talaba-qizlarni mamlakat ijtimoiy- siyosiy hayotdagi roli  va faolligini oshirish, ularni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash, yosh qizlarni  oilaviy hayotga va xususiy tadbirkorlikka, xunarmandchilikka jalb qilish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilishdan iborat.