Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


KIMYOGAR VA GEOLOGLAR HAMKORLIGI


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida  2020-yil 31- yanvar kuni olimlar, yosh tadqiqotchilar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari va ishlab chiqarish sektori vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tgan edi. 
Uchrashuvda yurtimizda avvaldan shakllangan ilmiy maktablar salohiyatini hisobga olib, hozirgi bosqichdagi milliy manfaatlarimiz va taraqqiyotimiz yo’nalishlaridan kelib chiqqan holda, bu yil matematika, kimyo, biologiya, geologiya fan va sohalarini rivojlantirish  bo’yicha bir qancha fikrlar bildirildi va yuqoridagi sohalarni samaradorligini oshirish uchun bajarilishi lozim bo’lgan vazifalarni belgilab berildi.
Ushbu vazifalarni kafedra professor-o’qituvchilari va talabalari o’rtasida muhokama qilish maqsadida institutimizga O’zbekiston Milliy univertiteti professori, geologiya-mineralogiya fanlari doktori P.S.Sultonov tashrif buyurdi va talabalar bilan ochiq muloqot o’tkazdi.
Prof. P.Sultonov o’z so’zida hozirda ko’tarilayotgan masalalarning o’ta dolzarbligi va kafedrada olib borilayotgan o’quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlaridagi mavjud hamkorlik haqida alohida to’xtalib o’tdi. Jumladan, magistratura mutaxassiligi talabalari uchun “Noorganik moddalar va mineralogiya” xamda “Silikat va qiyin eriydigan materiallar texnologiyasi” fanlari ishchi o’quv rejaga kiritilgan bo’lsa, bakalavriat talabalari uchun “Xomashyo materiallari va ularni boyitish” nomli fani mavjudligi  va xattoki,  prof. I.Shamshidinov tomonidan darslik chop ettirilganligini alohida ta’kidlab o’tdi.

Bo’lib o’tgan ochiq muloqotda talaba va magistrantlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.