Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


“SOG’LOM TURMUSH TARZI TARAFDORIMIZ”


2020 yil 13-fevral kuni Transport fakulteti “Erusti transport  tizimlarikafedrasi mudiri t.f.d. R.Soliyev rahbarligida “SOG’LOM TURMUSH TARZI TARAFDORIMIZ” mavzusida  sog’lom turmush tarzini shakllantirishga doir davra suhbati tashkil etildi. Unda  sog’lom turmush tarzining  asosiy qoidalari nimalardan iborat ekanligini kafedra mudiri tomonidan ta’kidlandi.
Kafedra katta o’qituvchisi J.Mannonov so’zga chiqib, sport –sog’lom hayot kechirishning asosiy shartlaridan ekanini, yoshidan qat’iy nazar uning barcha turi bilan shug’ullanish sog’lik garovi ekanini ta’kidladi. 30-60 daqiqa sport  bilan shug’illanish sog’lom bo’lish uchun asos ekanini aytib o’tdi.
Kafedra o’qituvchisi Z.Azizov o’z so’zida, ovqatlanish ratsioniga tabiiy mahsulotlar – meva va sabzavodlar, vitamin va minerallarga boy oziq-ovqatlarni ko’proq kiritishni, ovqatlanish ratsionining 65 foizi meva va sabzavodlard, non va turli bo’tqalar tashkil etishi, 30 foizi go’sht va sut mahsulotlari, 5 foizi shirinlik va yog’larga ajratilishi lozimligini, ozuqalar imkon qadar yangi, mavsumga mos bo’lishiligini, bahor va yozda o’simliklar, qishda oqsil va yog’ga boy mahsulotlarni ko’proq o’rin ajratish lozimligini, har kuni 2 litr atrofida suv ist’mol qilish lozimligini  ta’kidladi. Fastfud, gazli ichimliklar, yarim tayyor mahsulotlar va boshqa ko’p sun’iy ta’m berilgan ozuqalardan voz kechish kerakligini tushuntirdi.
Kafedra o’qituvchisi Z.Munavvarxonov organizmning asosiy dushmanlaridan bo’lmish tamaki va alkogol mahsulotlaridan voz kechish, zararli odatdarni yo’qotish orqali sog’lom turmush tarziga keng yo’l ochish va har bir chekilmagan sigaret, ichilmagan spirtli ichimliklar sog’lom hayot kechirish sari tashlagan muhim qadamga aylanishi mumkinligini tahlil qilib o’tdi.
23-EUTTUE-16 guruh talabasi Sh.Mirzoodilov o’zining kun tartibini to’xtalar ekan, birinchi navbatda – 8 soat uyqu, ikkinchi navbatda kunning bir vaqtida uxlash va muayyan vaqtda uyg’onishga odatlanganligiini, agarda uyqu buzulsa asta-sekinlik bilan inson ruhiyati, hissiyotiga ziyon yetkazishini va ishchanlik kayfiyatini yo’qotishligini, keyinchalik turli surunkali, jiddiy xastaliklarning rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkinligini ta’kidladi.
  Dotsent A.Polvonov sog’lom turmush tarzining asosiy omillaridan ijobiy kayfiyat, toza havo va shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish lozimligini, sog’lom turmush tarzi yuqorida aytib o’tilgan qoidalari bir-birini qo’llab-quvtlashi, biri ikkinchisiz sodir bo’lishi amrimaholligini, bu qoidalarni keyinga surmasdan bugundan amalga oshirishni boshlash bilan sog’lom va baxtli hayot sari ilk qadam tashlash albatta, o’z samarasini berishini aytib otdi.