Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligiga bagishlandi


2020-yilning 12-fevral kuni institutning Mashinasozlik fakulteti “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” kafedrasi tomonidan belgilangan rejaga muvofiq, institutning katta majlislar zalida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, institut ma’naviy-ma’rifiy bo‘limi, Chortoq tumanining “Chortoq tongi” ansambli va talabalar ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga yirik davlat arboblari Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomlari qolgan bo‘lsa, 

serjilo o‘zbek va turkiy tillarda yozilgan asarlari bilan jahonning mashhur olimlari qatorlaridan joy olishganligi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirib o‘tdilar.
Tadbir davomida  “Chortoq tongi” ansambli ijodkorlari o‘zlarining A.Navoiy va Bobur g‘azallari asosidagi qo‘shiqlarini kuylash orqali ishtirokchilarga ma’naviy-ruhiy kuch-quvvat ato etdilar.
Tadbirda institutning talabalari Temur Toxirov (28-KXAL-17), Zuhra Abdumalikova, Mohlaroy Qambarovalar (7-MT-17) Navoiy va Bobur ijodiga mansub g‘azal va she’rlardan parchalar o’qidilar. Buyuk siymolarning tavallud ayyomiga bag’ishlangan ushbu tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.