Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


Is’hoqxon To‘ra Ibrat muzeyiga tashrif


2020-yil 11-fevral kuni Namangan muhandislik-qurilish instituti, Energetika va sanoatni axborotlashtirish fakulteti, 4-bosqich talabalari milliy uyg‘onish davrining yorqin namoyandalaridan biri, ma’rifatparvar shoir, olim, sayyoh, matbaachi va muallim Is’hoqxon To‘ra Ibrat  ziyoratgoxiga tashrif buyurdilar.
Ishoqxon To‘ra Ibrat  1862-yili Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on qishlog‘ida ziyoli oilasida tavallud topgan. Otasi Junaydulla xo‘ja, onasi Hurbibi otin xat-savodli kishilar bo‘lib, maktabdorlik qilishgan. Isohoqxon ota-onasi qo‘lida savod chiqarib, keyin turli maktab va madrasalarda o‘qiydi.
Qo‘qon madrasasi tahsili (1878-1886) yillari Ishoqxon Ibrat uchun g‘oyat samarali kechdi. Bu yerda u Qo‘qon adabiy muhiti namoyandalari, jumladan, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Haziniy va Nodim kabi shoirlar ijodi bilan yaqindan tanishish, o‘qib-o‘rganish, oshno tutinish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Badiiy so‘z tabiatiga oid Abu Nasr Forobiyning “Shoirlarning she’r yozish san’ati qonunlari haqida”, Nizomiy Aruziy Samarqandiyning “Nodir hikoyatlar”, Abdurahmon Jomiyning “Silsilatu-z-zahhob”, Alisher Navoiyning “Nazmu-l-javohir”, “Muhokamat-ul-lug‘atayn” va yana juda ko‘p Sharq olimlari asarlarini mustaqil mutolaa qildi. Sharq mumtoz poetikasi fanining ko‘pgina sohalarini puxta egalladi.

Talabalar tashrif davomida Ishoqxon To‘ra Ibrat   muzeyiga ham tashrif buyurdilar.