Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


E’lon! Davlat_dasturi 2020


Uchta universitetda tajriba tariqasida masofaviy o‘qitish shakli joriy etiladi
 
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va Toshkent davlat pedagogika universitetida tajriba tariqasida bosqichma-bosqich masofaviy o‘qitish shakli joriy etiladi.
 
  Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, Adliya hamda  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari  tomonidan 2020-yil 1-avgustga qadar:
 
masofaviy o‘qitish shaklini amalga oshirish tartibi belgilanadi,  dasturiy-apparat kompleksi yaratiladi;
 tegishli OTMlarning o‘quv jarayoniga masofaviy o‘qitish platformasini joriy etiladi  va zarur bo‘lgan uskunalar bilan jihozlanadi.
 
Shuningdek, 2020 yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo‘nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlarni yaratish choralari ko‘riladi.
 
2020-yil 1-sentyabrga qadar ilm-fanning ishlab chiqarish bilan faol integratsiyalashuvini ta’minlash maqsadida fundamental va innovatsion tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablag‘larini ajratish mexanizmi tubdan qayta ko‘rib chiqiladi.
 
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish
https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-AudocFp7PIMcQ