| | |
Saytdan izlash    
“MUZAFFAR SO’Z” ADABIY KLUBI FAOLIYATIDAN: O’ZBEKISTON XALQ SHOIRASI ZULFIYA HAYOTI VA IJODIGA BAG’ISHLANGAN ADABIY-BADIIY KECHA

2019-yil 12-mart kuni institut katta majlislar zalida “Muzaffar so’z” adabiy klubi, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi, “Iqtisod” kafedrasi professor-o’qituvchilari bilan hamkorlikda O’zbekiston Xalq shoirasi Zulfiya hayoti va ijodiga bag’ishlangan adabiy kecha tashkil etildi. Dastlab tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i A.Dehqonov kirish so’zi bilan ochib berdi. Shundan so’ng talabalar turar joyi tarbiyachi pedagogi, “Muzaffar so’z” adabiy klubi badiiy rahbari A.Kamalov so’z olib O’zbekiston Xalq shoirasi Zulfiya hayoti va ijodi to’g’risida talabalarga batafsil ma’lumotlar berib o’tdi.
So’ngra talabalar tomonidan shoiraning she’rlaridan na’munalar o’qildi. Tadbir davomida Namangan san’at kolleji talabalari tomonidan milliy kuy va qo’shiqlar ijro etildi. Mazkur tadbirda 12 nafar professor-o’qituvchilar hamda 147 nafar talabalar ishtirok etdilar.

Prezident qaror va farmonlari
Mavzuga oid
location_on
Namanagan shaxar
Islom Karimov ko`chasi 12-uy.
Devonxona: 998 69 234-14-30
Qabulxona: 998 69 234-15-23
Fax: 998 69 234-14-30
e-mail: nmpi_info@edu.uz
Barcha huquqlar muallif tomonidan himoyalangan 2017-2019. - AT MARKAZI
Dasturchi: Yuldashev Rasuljon
arrow_upward