| | |
Saytdan izlash    
KITOBXON TALABALAR BELLASHUVI: “O’TKIR ZEHNLILAR” TANLOVINING 2-TUR UCHRASHUVI O’TKAZILDI

2019 yil 13 mart kuni Sohibqiron bobomiz Amir Temur tavalludining 683 yilligiga bag’ishlab, institut kitobxon talabalari o’rtasida fakultetlararo o’tkazilishi rejalashtirilgan “O’tkir zehnlilar” tanlovining nizomiga asosan, institut 3-binosi katta majlislar zalida Muhandislik kommunikasiyalari fakultetining “Zarba” va Energetika va sanoatni axborotlashtirish fakultetining “Temuriy vorislari” jamoalari o’rtasida 2-tur bellashuvi bo’lib o’tdi.
Tanlov institut yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi hamda “Oliy matematika” kafedrasi professori Yu.Oppoqov bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tanlovni “Oliy matematika” kafedrasi professori Yu.Oppoqov olib bordi. Tanlovni yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor G’.SHermatov raislidagi hakamlar Hay’ati baxolab bordilar.
Tanlovda Energetika va sanoatni axborotlashtirish fakultetining “Temuriy vorislari” jamoasi g’oliblikka erishib, keyingi bosqichda ishtirok etish huquqini qo’lga kiritdi. Bellashuvni institutning 36 nafar professor-o’qituvchilar hamda 143 nafar talabalari ishtirok etdilar.

Prezident qaror va farmonlari
Mavzuga oid
location_on
Namanagan shaxar
Islom Karimov ko`chasi 12-uy.
Devonxona: 998 69 234-14-30
Qabulxona: 998 69 234-15-23
Fax: 998 69 234-14-30
e-mail: nmpi_info@edu.uz
Barcha huquqlar muallif tomonidan himoyalangan 2017-2019. - AT MARKAZI
Dasturchi: Yuldashev Rasuljon
arrow_upward