Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


Bugunning Vatanparvar farzandi shunday bo‘lishi kerak


Namangan muhandislik-qurilish instituti Qurilish fakulteti 2-bosqich “Bino va inshootlar qurilishi” yo‘nalishi talabasi Axrorbek Adxamjonov bugun ko‘ngillilar safida. U Prezidentimizning “Sahovat va ko‘mak” umumxalq harakatini qo‘llab-quvvatlagan holda, masofaviy ta'lim bilan birgalikda bo‘sh vaqtini Namangan viloyati Norin tumani Yoshlar markazida tashkil etilgan COVID-19 koronavirus pandemiyasi tufayli karantin davrida e'tibor qaratilishi lozim bo‘lgan oilalar holidan xabar olish va Homiylar xayriyalarini muvofiqlashtirish markazida faoliyat olib borish bilan o‘tkazmoqda. Sinovli kunlarda u  ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand oilalarga belgilangan tartib asosida  turli xildagi oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarni yetkazib berishda   faol qatnashmoqda.

Darhaqiqat, bugunning Vatanparvar farzandi shunday bo‘lishi kerak. Guruh murabbiyi Ikromjon Sheraliyev ta'kidlaganidek: “ U hamisha jonkuyar, tashabbuskor va mehnatsevarligi bilan boshqalardan farq qiladi” 

 NamMQI talabasi Axrorbek Adxamjonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi 1-o‘rinbosari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Alisher Sa'dullayev  tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.