Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


Bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash


Namangan muhandislik-qurilish institutining Mashinasozlik fakulteti dekani R.Rustamov, Marketing bo‘limi boshlig‘i J.Po‘latov, “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi mudiri G‘.Shermatov,  “Texnologik mashina va jihozlar” kafedrasi mudiri M.Mansurov va bir guruh  professor-o‘qituvchilar hamda sohaning 40 dan ziyod bitiruvchi talabalari  viloyatimizning Namangan tumanida joylashgan “NOSTANDART” MChJ  direktori Soli Bazarov va korxona yuristi bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
 “Nostandart” mas’uliyati cheklangan  jamiyatiga Xitoy davlatidan yangi zamonaviy turdagi turli metallarga ishlov beruvchi dastgohlar va jihozlar olib kelingan. 2019-2020 yillar investitsion dasturga kiritilgan jamiyatning “ESV nasoslari va PGED dvigatellarini seriyalab ishlab chiqarish loyihasi”ni amalga oshirish boshlanishi munosabati bilan tashkil etilayotgan umumiy soni 60 (oltmish) ta  bo’lgan yangi ish o’rinlariga, ya’ni muhandis-konstruktor, 

muhandis-texnolog, muhandis-energetik, muhandis-metrolog, muhandis-quruvchi, ximik-laborant, metallarga ishlov beruvchi dastgohlarni ta’mirlash bo’yicha muhandis-mexanik,  ishlab chiqarish  bo’yicha menejer, avtomatlashtirish bo’yicha muhandis va shu kabi bir nechta mutaxassisliklar bo’yicha doimiy ishlash uchun yosh va malakali kadrlarni ishga taklif etadi.

  “NOSTANDART”  MChJ direktori talabalarga korxonaning bugungi faoliyati va korxonada yaratilayotgan yangi ish o‘rinlarini tanishtirish barobarida ishlovchilarga yaratilgan sharoitlar, imtiyozlar, taklif qilinayotgan  ish o’rinlari bo’yicha oylik maoshlarning 1 mln. so’mdan  3mln. so’mgacha belgilanligini ta'kidladi. Shuningdek, ishchilarga ish beruvchi bilan o’zaro kelishgan holda kunbay va ishbay ko’rinishda ish haqi to’lanishi, ishga qabul qilingan shaxslarga mehnat amaliyoti (staji) kafolatlanishini ham tushuntirdi. 

Ushbu uchrashuv bugungi kunda mamlakatimizda koronavirus pandemiyasiga nisbatan karantinga doir  himoyalanish chora-tadbirlari ya'ni, oraliq masofa va niqoblardan foydalangan holda tashkillashtirildi.