Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


Internet maydonidagi ma'naviy tahdidlar va ularga qarshi kurashishning usullari


  2020-yil 21-may kuni Energetika va sanoatni axborotlashtirish fakulteti “Menejment” kafedrasida  ZOOM platformasi orqali “Internet maydonidagi ma'naviy tahdidlar va ularga qarshi kurashishning usullari” mavzusida onlayn muloqot tashkil etildi. Muloqotda “Menejment” kafedrasining barcha professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar. Kafedra mudiri dotsent To‘lqin Dadaboyev kirish so‘zida, bugungi butun jahonni qamrab olgan COVID-19 pandemiyasi  sharoitida  masofaviy ishlash tartibiga o‘tish orqali internetdan foydalanish ko‘payganini aytib o‘tdi. Shu mavzuga doir videorolik qo‘yib berildi. Unda internetdan foydalanish madaniyati, turli zararli va ta'qiqlangan saytlardan foydalanmaslik bo‘yicha tavsiyalar berildi. Fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Oybek Ahmedov talabalarga ijtimoiy tarmoqlarda turli yolg‘on ma'lumotlardan foydalanmaslik, bunday ma'lumotlarni tarqatmaslik, bu kabi holatlar uchun belgilangan qonununiy chora-tadbirlar mavjudligini ta'kidladi.

Kafedra katta o‘qituvchisi Shuhrat Qoraboyev so‘zga chiqib, talabalarning karantin davrida masofaviy ta'lim olish bilan birgalikda bo‘sh vaqt va uni unumli o‘tkazishga doir takliflarini bildirdi. Muloqotda ta'lim yo‘nalishi talabalaridan Aziza Yunusova, Javohir Arzamjonov ,  Madina Inomiddinovalar so‘zga chiqdilar. Ular ushbu mavzu yuzasidan fikr bildirdilar.  Ochiq muloqotda institutning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Odiljon Jakbarov  ishtirok etib, masofaviy muloqot qatnashchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.