Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


YOSHLAR MA`NAVIYATINI YUKSALTIRISH DOLZARB MASALA


O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish va ularning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi 5 ta tashabbus yuzasidan berilgan ko`rsatma va tavsiyalari asosida Namangan muhandislik qurilish institutida ham ishlar tashkil etib kelinmoqda.
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan respublikadagi barcha oliy ta`lim muassasalarida 30 apreldan 20 may kunlari Talaba_VUZ  va 5 tashabbus telegram kanallari orqali barcha talaba-yoshlarning yo`nalishlar bo`yicha ijod namunalari, musiqiy chiqishlari, sport soғlomlashtirishdagi faolligi, axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishi, kitobxonlik madaniyat va ayollarning ishga joylash va korontin sharoitida ota-onalarga uy yumushlarida yordam berishdagi bandligi doirasida fakul tetlar kesimida videoroliklar tahlili monitoring olib borildi.
Institutning yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektori rahbarligida mazkur doirada ishlar muvofiqlashtirib borilib, yakunida:
1-o`rinni Qurilish fakulteti
2-o`rinni Energetika va sanoatni axborotlashtirish
3-o`rinni Qurilish texnologiyasi fakulteti tabalarining chiqishlari yuqori o`rinlarni egalladi.

Natijalarni samarali ta`minlashda esa Jismoniy madaniyat va sport, Informatika va axborot texnologiyalari, Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish kafedrasi professor-o`qituvchilarining xizmatlari katta bo`ldi.