Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


Biz birgalikda yengamiz


2020-yil 1-iyun kuni Energetika va sanoatni axborotlashtirish fakulteti “Menejment” kafedrasi katta o’qituvchisi G.Shokirova boshchiligida 4-kurs 39-EL-16(r) guruh talabalari bilan videomuloqot o’tkazildi. 
   Muloqotda G.Shokirova hozirgi davrda barcha mamlakatlarning asosiy e’tibori Covid-19 koronavirus pandemiyasiga qaratilgan bo’lib, jahon ilm-fani ahli  ushbu kasallik tarqalishini to’xtatish, bu xatarni yo’qotish uchun bor intellektual salohiyatini safarbar etmoqdaligi va O’zbekiston hukumati ham muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev  boshchiligida bu yuqumli xastalikning tarqalib ketishining oldini olish, xalqimizni bunday og’ir sinovdan sog’-omon olib o’tish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirmoqdaligi haqida gapirdi.
   Shu bilan bir qatorda har bir davlat va jamiyat ravnaqi yosh avlodning kamoloti, intilishi, shijoati bilan uzviy bog’liqligi va ta’lim sohasidagi qonunlar va davlat dasturlari doirasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilm-fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyalashuvini ta’minlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdek dolzarb vazifalar muvaffaqiyatli bajarilayotgani haqida alohida to’xtalib o’tdi.  
   Talaba I.Xoshimov yurtimizdagi barcha o’quv muassasalari ham zamon talabidan kelib chiqqan holda onlayn ta’limni yo’lga qo’yilganini, shu jumladan, Namangan muhandislik-qurilish institutida ham masofaviy ta’lim olish uchun barcha sharoitlar yaratilganiligini va buning uchun institut rahbariyati, fan o’qituvchilariga minnatdorchilik bildirdi. 
 Talaba M.Odiljanova  onlayn darslarni qunt  bilan o’zlashtirayotgani haqida gapirdi. Shuningdek, uyda qolib, bo’sh vaqtdan unumli foydalanish, ilmiy izlanish, badiiy asarlarni mutolaa qilish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish maqsadga muvofiqligini aytib o’tdi. Talabalar  bugungi pandemiyani  birgalikda  yengish asosiy maqsadlari ekanini  muloqot davomida o’z fikrlarida bayon etdilar.