| | |
Saytdan izlash    
“Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari” kafedrasining Namangan viloyati kasb-hunar kollejlari va maktablari bitiruvchilarini Oliy ta'lim muassasalariga jalb etish bo‘yicha olib borgan tadbir

Namangan muhandislik-qurilish institutiga 2018/2019 o‘quv yili kasb-hunar kollejlari va maktablari bitiruvchilarini jalb etishni tashkil etish yuzasidan “Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari” kafedrasi professor o‘qituvchilari bir qator tadbirlarni amalga oshirib kelmoqdalar. Jumladan, Kosonsoy tumani Rovot qishlog‘ida joylashgan 17-umumta'lim maktabi 11-sinf o‘quvchilarini sinf raxbari I.Toshpo‘latov boshchiligida institutga taklif etib, “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazdilar. Tadbirda kafedra o‘qituvchilari o‘quvchilarni kafedra tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishtirdilar.
Shuningdek, talabalarni bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv laboratoriya xonalari haqida ma'lumot berdilar. Kafedra dotsenti Z.To‘rayev, M.Abdullayevlar laboratoriyadagi asbob-uskunalarning ishlashi va kimyoviy idishlarning qo‘llanilishi haqida tushunchalar berdilar. Tadbirda barcha professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, institutdagi ta'lim yo‘nalishlari va ularda tayyorlanadigan mutaxassisliklar haqida ma'lumotlar berishdi.
Tadbirda o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.Shu bilan birga Namangan shahridagi 15-umumta'lim maktabiga kafedra professor-o‘qituvchilari Z.To‘rayev, X.Bakiyeva, N.Sarimsaqovalar tashrif buyurib, maktabning bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan davra suhbati o‘tkazdilar. Tadbirda umumta'lim maktabining direktori A.To‘rayev, manaviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari va bir necha o‘qituvchilar hamda 102 nafar bitiruvchi o‘quvchilardan 96 nafari qatnashdi.
Tadbirda institutdagi ta'lim yo‘nalishlari va ularda tayyorlanadigan mutaxassisliklar haqida ma'lumotlar hamda o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

QABUL KOMISSIYASI RAISLARI
Prezident qaror va farmonlari
Mavzuga oid
location_on
Namanagan shaxar
Islom Karimov ko`chasi 12-uy.
Devonxona: 998 69 234-14-30
Qabulxona: 998 69 234-15-23
Fax: 998 69 234-14-30
e-mail: nmpi_info@edu.uz
Barcha huquqlar muallif tomonidan himoyalangan 2017-2019. - AT MARKAZI
Dasturchi: Yuldashev Rasuljon
arrow_upward