Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


MUHAMMAD YUSUF HAYOTI VA IJODIGA BAG’ISHLANDI


2020-yil 27-iyun kuni " Materiallar qarshiligi va mexanika" kafedrasi jamoasi tomonidan Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag’ishlangan masofaviy davra suhbatini o’tkazildi.
Tadbirda institutning  Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori O.Jakbarov, Qurilish fakulteti dekani B.Jamalov, "Materiallar qarshiligi va mexanika" kafedrasi professor-o’qituvchilari ishtirok etdilar. Kafedrasi dotsenti Z.Maxmudovning Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag'ishlangan taqdimoti tinglovchilarga yetkazildi. 
MUHAMMAD YUSUF (1954-2001)
Muhammad Yusuf (taxallusi; asl ism-sharifi Yusupov Muhammadjon) (1954.26.4, Marhamat tumani — 2001.31.7, Ellikqal’a tumani) — O’zbekiston xalq shoiri (1998), jamoat arbobi.
Rus tili va adabiyoti institutining rus tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1978). Respublika kitobsevarlar jamiyati (1978-80), «Toshkent oqshomi» gazetasi (1980-86), G’afur Gulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti (1986-95)da turli lavozimlarda ishlagan. 1995-97 yillar «Tafakkur» jurnalida bo’lim mudiri, 1997-2001 yillarda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida rais o’rinbosari. 2-chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.
Muhammad Yusufning dastlabki she’rlari «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» haftaligida bosilgan (1976). Shundan boshlab respublika matbuotida uning she’r, ocherk va maqolalari muntazam ravishda chop etila boshlagan. Ilk she’rlar kitobi — «Tanish teraklar» (1985). «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo» (1988), «Uyqudagi qiz», «Halima enam allalari» (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko’nglimda bir yor» (1991), «Bevafo ko’p ekan», «Yolg’onchi yor» (1993), «Erka kiyik» (1995) va «Osmonimga olib ketaman» (1998), “Ulug’imsan, Vatanim” (2004), “Saylanma” (2007), “Xalq bo’l elim” (2009) she’riy kitoblari nashr etilgan. 1989 yilda «Uyqudagi qiz» nomli she’riy to’plami uchun u respublika Yoshlar tashkilotining mukofotiga sazovor bo’lgan.
Mazkur kitoblarga kirgan she’rlarda Muhammad Yusuf mansub bo’lgan avlodning eng olijanob va yuksak insoniy fazilatlari bilan birga yoshlik sururi, ishq va muhabbatning nafis navolari, o’zbekona, sodda, ayni paytda ezgu, bokira va betakror tuygu hamda kechinmalari o’zining yorqin ifodasini topgan. Uning qalamiga mansub aksariyat she’rlar taniqli xonandalar tomonidan ijro etilmoqda. Muhammad Yusuf ijodi ayni gullab yashnagan paytda, Ellikqal’a tumanida she’riyat muxlislari bilan uchrashish maqsadidagi ijodiy safarida vafot etgan. Andijonda dafn etilgan.
Toshkent shahri va Marhamat tumanidagi ko’chalardan biri, shuningdek, Andijon shahridagi bolalar kutubxonasi va Marhamat tumanidagi san’at maktabi Muhammad Yusuf nomi bilan ataladi. Ushbu tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.