Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


“Yoshlar kuni” ga bag'ishlandi


2020-yil 27-iyun kuni  Namangan muhandislik – qurilish instituti xotin - qizlar qo‘mitasi raisi  S.Atamirzayeva rahbarligida  “Yoshlar kuni” ga bag‘ishlab masofaviy seminar tashkil etildi. Unda To'raqo'rg'on tumanining "Davr" gazetasi tajribali jurnalisti Nazokat Baxodirova ishtirok etdi. U o'z so'zida Namangan muhandislik – qurilish instituti  haqida iliq fikrlarni bildirdi. Unda tahsil olayotgan talabalarni “Yoshlar kuni” bilan tabrikladi, ularga ulkan zafarlar tiladi. Yoshlarni Vatan ravnaqi uchun doim olg‘a qadam bosib, shu yurt uchun munosib inson bo'lishga chaqirdi.

Shuningdek,  barcha fakultet xotin-qizlar qo'mitalari raislari, talabalar, professor - o‘qituvchilari  ishtirok etdilar. Seminarda S.Atamirzayeva: Prezidentimiz tomonidan  yoshlar kunining e'tirof etilishi va ularga bo'lgam munosabat haqida o'z mulohazalarini bildirdi. O‘zbekistonda  barcha yoshlarga ulkan imkoniyatlarning yaratilganligiga to'xtaldi.  

Shuningdek, tadbirda Sh.Karimova,S. Dehqanova, M Davranova va D.Xatamovalar xam o‘z tabriklarini izxor etdilar.Faol va iqtidorli talaba-qizlar tabrik sifatida she'r va qo‘shiqlar aytib, tadbirga fayz kiritdilar.