Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


Ozod Sharafiddinov- buyuk arbob.


2020-yil 27- iyun kuni " Chet tillar" kafedrasi jamoasi tomonidan Ozod Sharafiddinov hayoti va ijodiga bag’ishlangan masofaviy davra suhbati  o'tkazildi.
Tadbirda kafedra katta o’qituvchisi D.Inomiddinova Ozod Sharafiddinov hayoti va ijodiga bag’ishlangan ma’ruzalari bilan qatnashdilar.
Ozod Sharafiddinov (1929-2005)
Sharafiddinov Ozod Obidovich (1929.1.3, Qo‘qon shahri, Oxunqaynar qishlog‘i – 2005, Toshkent) — adabiyotshunos olim, tanqidchi. O‘zbekiston Qahramoni (2002). Filologiya fanlari nomzodi (1954), professor (1979). O‘rta Osiyo universitetini tugatgan (1951). ToshDUning o‘zbek filologiyasi fakultetida dotsent, professor (1955— 95), «Tafakkur» jurnalida bosh muharrir o‘rinbosari (1996—97), «Jahon adabiyoti» jurnali bosh muharriri (1997 yildan) bo‘lib ishlagan.
Ozod Sharafiddinov odil inson, zahmatkash olim, mehribon padar sifatida bu yorug‘ dunyoda muhtasham iz qoldirdi. O‘zidan o‘lmas ijodiy meros qoldirdi. Bu ijod nainki bir insonning, balki butun bir millatning faxru g‘ururi bo‘la oladigan ijoddir, o‘zbek xalqining, millatimizning o‘tmishi, buguni va kelajagiga dahldor ijoddir.
"Zamon", "Qalb", "Poeziya", "Yalovbardorlar", "Iste'dod ji- lolari", "Birinchi mo‘jiza", "Adabiyot - hayot darsligi", "Cho‘lponni anglash", "Ijodni anglash baxti", "Davondagi o‘ylar" kabi adabiy- tanqidiy risolalari chop etildi. Umuman olganda, Ozod Sharafiddinov yaratgan adabiy merosni sarhisob qiladigan bo‘lsak, alohida chop etilgan asarlarining o‘zi - 28 taga, vaqtli matbuotdagi maqola va suhbatlari 385 taga yetadi. To‘plamlardagi maqolalar, kirish so‘zlar, so‘zboshi va so‘ngso‘zlar 50 dan ziyod, tarjima asarlari esa 150 taga yaqin. Olimning rahbarligida 29 kishi nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.
Ozod Sharafiddinov fikrat ibrati, jasorat ibrati, ta'b ibrati, zakovat ibrati singari bir qancha ibratlarni o‘zida mujassamlashtirgan allomalarimizdan edi. Suyanadigan Ma'rifat bo‘lganidan keyin shunday bo‘lishi tabiiydir.
Ustozdan minglab shogirdlar qoldi.

Tadbirda institut Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori O.Jakbarov, Qurilish-texnologiya fakulteti dekani prof. S.J.Razzaqov, fakultet yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini A.Mamadaliyev, "Chet tillar" kafedrasi mudiri N.Raimjanova, kafedra professor-o’qituvchilari hamda institut  talabalari ishtirok etdilar.