Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


SHOIR VA YOZUVCHI АLEKSANDR АRKADYEVICH FAYNBERG HAYOTI VA IJODI


2020-yil 27-iyun kuni Namangan muhandislik-qurilish instituti  Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti "Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji" kafedrasi hamda Toshkent arxitektura -qurilish instituti  bilan hamkorlikda shoir va yozuvchi Аleksandr Аrkadyevich Faynberg hayoti va ijodiga bag‘ishlangan masofaviy davra suhbati o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi Qoraqalpog’ xalq shori Rustam Musurmon, Toshkent arxitektura-qurilish instituti ustoz-murabbiylar kengashi  raisi  Nasiba Аripova,

Toshkent arxitektura-qurilish instituti ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha bo’lim boshlig’i Feruza Mirzayeva, Toshkent arxitektura-qurilish instituti "IKLQI" kafedrasi dotsenti MQIF fakulteti ustoz-murabbiylar kengashi  raisi D.Qo’chqorova, Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti professor-o’qituvchilari  adabiyot ixlosmandlari bo'lgan talabalar ishtirok etdilar.
Ushbu  tadbirda shoir  hayoti va ijodi to’g’risida ma’ruzachilar tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi.