Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


DAVLAT GERBI – BAXT VA ISTIQLOL TIMSOLI


2020-yil 2-iyul kuni Qurilish fakulteti dekanati tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2020-yil 30-iyundagi 
№08-1981-sonli ko’rsatma xatiga asosan, O’zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi qabul qilinganligining 28 yilligiga bag’ishlangan “Davlat gerbi – baxt va istiqlol timsoli” shiori ostida onlayn ZOOM orqali targ’ibot tadbiri o’tkazildi.
  Mazkur tadbirda Qurilish fakulteti dekanining yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosari X.Nishonov, fakultet tasarrufidagi kafedra professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Fakultet dekanining yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosari X.Nishonov tomonidan Davlat gerbini qabul qilinishi tarixi bo’yicha fikr bildirildi. "Oliy matematika" kafedrasi katta o’qituvchisi A.Rahmonov tomonidan tayyorlangan “Davlat gerbi – baxt va istiqlol timsoli” shiori ostidagi targ’ibot taqdimoti qatnashchilarga havola etildi. 

Talaba-yoshlar nomidan  fakultetning 2-bosqich 16-BIҚ-18 guruh talabasi J.Maxmudovning Davlat gerbi bo’yicha firk-mulohazalari tinglandi.
Shuningdek, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi va Ma’rifat targ’ibotchilari jamiyati tomonidan tayyorlangan O’zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi qabul qilinganligining 28 yilligiga bag’ishlangan rolik namoyish etildi. Tadbir barchaning mustaqil  Vatanimizga bo'lgan mehrini yanada oshirdi.