Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


GERBIMIZ-IFTIXORIMIZ


2020-yil 2-iyul kuni Transport fakulteti dekanati tomonidan  O’zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi qabul qilinganligining 28 yilligiga bag’ishlangan “ GERBIMIZ-IFTIXORIMIZ” shiori ostida masofaviy tadbir o’tkazildi.
  Mazkur tadbirda Transport fakulteti dekani J.Xolmirzayev, yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosari G’.Tuxliyev, fakultet tasarrufidagi kafedra professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbirni fakulteti dekani J.Xolmirzayev ochib berdi va Davlat gerbini qabul qilinishiga doir fikr bildirib o’tdi. "Umumtexnika fanlari" kafedrasi katta o’qituvchisi A.Qosimov, prof.А.Umirzaqovlarning ushu tadbirga tayyorlagan taqdimoti havola etildi. 

Tadbir yakunida Transport fakulteti dekani J.Xolmirzayev barchani Ona- Vatanga muhabbat tuyg'usi bilan yashashga chaqirdi.