Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi-bizning faxrimiz


2020-yil 2-iyul kuni NamMQI Mashinasozlik fakultetida O‘zbekistan Respublikasi Davlat gerbi qabul kilinganligining 28 yilligiga bag‘ishlab , " O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi-bizning faxrimiz" mavzusida onlayn davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida institutning yoshlar bilan ishlash  bo‘yicha prorektori O.Jakbarov, fakultet dekani R.Rustamov, dekan o‘rinbosari B.Nabiyev, D.Ibragimov,"Ijtimoiy fanlar" o‘qituvchisi N.Abdullajonova va 88 nafar talabalar qatnashdilar. Fakultet dekani R.Rustamov qatnashchilarga  davlatimiz gerbi har birimizning g‘urur va iftixorimiz bo‘lishligini ta'kidlab o‘tdi. So‘ngra "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi o‘kituvchisi N.Ablullajonova gerb tarixi hakida ishtirokchilarga slaydlar orqali tushunchalar berib o‘tdi. Talabalardan 7-ms-18 guruh talabasi sport ustasi U.Muxtorov, 8-mt-17 guruh talabasi yosh tadbirkor Yulduz Doniyorova, 12-tmj-18 guruh talabasi J.Yigitaliev ingliz tilida o‘z tengdoshlariga ushbu davlat ramzi haqida fikrlarini bayon etdilar. 7-ms-19 gurux talabasi H.Qosimov va 6-ms-18 guruh talabasi G,Raximovalar gerbimizga bag‘ishlab tayyorlagan   video va audio ma'lumotlarini taqdim etdilar.

Dekan o‘rinbosari D.Ibragimov davlatimiz mustakilligining asosiy ramzlaridan biri gerbimizni asrab- avaylashimiz haqida o‘z tushunchalarini bayon etdi.  Davra suhbati so‘nggida fakultet dekanati  xodimi Sh.Maxmudov davlat gerbi to‘g‘risida she'r o‘qib, qatnashchilarga xush kayfiyat ulashdi.