Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


DIQQAT, E'LON!


MAGISTRATURAGA O‘QISHGA KIRISH UCHUN HUJJATLARINI RO‘YXATDAN O‘TKAZUVCHILAR DIQQATIGA!
 
Davlat oliy ta'lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni 2020 yil 1 iyuldan boshlab, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshirilmoqda.
 
Mazkur hujjat topshirish jarayonida TEST SINOVLARI topshiriladigan HUDUD belgilanishi lozim.
 
Hozirgi koronavirus pandemiyasi sharoitida respublika hududlarini “sariq” va “qizil” hududlarga o‘zgarish ehtimolligi saqlanib qolmoqda. Shu bois, talabgorlar TEST SINOVLARI topshiriladigan hudud sifatida O‘ZI bugungi kunda YASHAB TURGAN hududni belgilashi TAVSIYA ETILADI.
 
Shundagina vaqtni ortiqcha sarflash cheklanadi va masofani bosib o‘tishga ehtiyoj yuzaga kelmaydi.
 
Veb-saytga bu yerdan o‘tish mumkin:  magistr.edu.uz
 
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish
https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-Auoam-U-_mjXg