Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


Abiturientlarga eslatma!


Hurmatli abiturientlar, chet tili sifatida turk, koreys va b. tillarni tanlashda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq amalga amalga oshirishinigiz eslatib o‘tamiz.

Umumiy o‘rta ta'lim (11-sinf negizida), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalarida ispan, turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, italyan, yapon tili bilan birgalikda ingliz, nemis va fransuz tillari ham o‘qitilgan holda (ushbu fanlar abiturient diplomi ilovasida (attestatida) mavjud bo‘lganda) abiturient arizasiga asosan u chet tilini test shaklida yoki ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, italyan, yapon tilidan ko‘p balli baho tizimi bo‘yicha imtihon topshiradi(Nizomdan). Aks xolda(ya'ni tanlagan chet tilisi attestat yoki diplomida mavjud bo‘lmasa) unga test savollari kelmasligi to‘g‘risida ogoxlantiramiz!