Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


Koronovirus infeksiyasini oldini olish va unga qarshi kurash


2020- yil 14-iyul kuni institutning Transport fakulteti tamonidan  “Koronovirus infektsiyasini oldini olish va unga qarshi kurashning gigiyenik asoslari” mavzusida ZOOM orqali “masofaviy davra suhbati o'tkazildi.
Tadbirda institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori O.Jakbarov, Transport fakulteti dekani J. Xolmirzayev, YBIB dekan o’rinbosari G’.Tuxliyev, Namangan shahar ko’p tarmoqli markaziy poliklinika mudiri Musharraf Sobirova, Namangan shahar ko’p tarmoqli markaziy poliklinika vrachi Maloxat Qirg’izboeva,  fakultet  professor-o’qituvchilari va talaba- yoshlari ishtirok etdilar.
Tadbirni Transport fakulteti dekani J. Xolmirzayev boshlab berdi. Qatnashchilar  Namangan shahar ko’p tarmoqli markaziy poliklinika mudiri Musharraf Sobirova so’z olib, Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig’i Nurmat Otabekov Kun.uz muxbiri Ilyos Safarov bilan intervyudagi muhim tavsiyalari to’g’risida ma’lumotlarni berdi.

Tibbiyot qanchalik rivojlangan bo’lmasin, davlat bunga qancha-qancha mablag’ ajratmasin, odamlarimiz shifokorlar tavsiyasiga amal qilmasa, tartib-intizomli bo’lib, karantin qoidalariga rioya etmasa, barcha ko’rilayotgan choralarimiz, pandemiyaga qarshi kurashish uchun safarbar qilingan yuz minglab fidoyi insonlarning mehnati behuda ketishi mumkinligini ta'kidladi.Undan so’ng Namangan shahar ko’ptarmoqli markaziy poliklinika vrachi Maloxat Qirg’izboeva so’z olib, koronavirus pandemiyasi butun insoniyat uchun Yaratganning bergan bir sinovi ekanini ta'kidladi. Xalqimiz jipslashib, shifokorlarning barcha tavsiyasi, ko’rsatmalariga amal qilsalar, odamlarimiz karantin davrida hayotiy zaruratsiz o’z xonadonlarini tark etmasa, kasallikning ilk belgilari aniqlanganda, uni yashirmay shifokorlarga o’z vaqtida murojaat qilsalar, biz bu kasallikni, albatta, yengishimiz mumkinligini tushuntirdi.

Transport fakulteti dekani J.Xolmirzayev  ushbu tadbir yakunida barchani sinovli kunlarda koronavirusdan himoyalanishga doir  belgilangan karantin tartib-qoidalariga  rioya qilishga  chaqirdi. O'zi va barcha yaqinlari salomatligiga e'tiborli bo'lish kunning dolzarb vazifasi ekanini ta'kidladi.