Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


Magistraturaga topshirishga ikkilanayotganlar uchun zo‘r tavsiya


Davlat oliy ta'lim muassasalari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishning so‘nggi muddatiga oz qoldi. Haliyam qaysi oliy ta'lim muassasasi va mutaxassislikni tanlashga ikkilanayotgan abiturientlar uchun TAVSIYA  tayyorladik.
 
 Bilasizmi? Respublika oliy ta'lim muassasalari yevropa ittifoqining Erasmus+ dasturlari doirasida bir qancha loyihalarda ishtirok etib kelishmoqda.
 
Aynan mazkur loyihalar doirasida oliy ta'lim muassasalarida bir nechta yangi magistratura mutaxassisliklari tashkil etilgan
(Erasmus+ dasturi – ta'lim, professional ta'limni taraqqiy ettirish, yoshlarni kamolotga yetkazish va sportni rivojlantirish sohalari bo‘yicha 2014-2020 yillar uchun yevropa ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan dasturdir).
 
Mazkur mutaxassisliklarda ta'lim olishning AFZALLIKLARI:
 
-mehnat bozorida talab etiladigan zamonaviy mutaxassislik;
 
-o‘quv rejalari va dasturlari loyiha doirasida hamkor yevropa oliy ta'lim muassasalari bilan birgalikda ishlab chiqilgan;
 
-ta'lim jarayoni loyiha mablag‘lari doirasida so‘nggi texnologiyalar asosida jihozlangan o‘quv-laboratoriya xonalarida olib boriladi:
 
-talabalarga hamkor yevropa oliy ta'lim muassasalarining yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan ma'ruza, vebinarlar tashkil etilishi mumkin.
 
Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ CBHE loyihalari doirasida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan magistratura mutaxassisliklari (2020/2021 o‘quv yili qabuli bo‘yicha) ro‘yxatini quyida havola qilamiz:
 
Loyiha nomi: “CLASS”
Mutaxassislik nomi:
“5A120106-Kompyuter lingvistikasi”
 
Qaysi OTMlarda?
O‘zbekiston milliy universiteti;
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti;
Samarqand davlat chet tillar instituti;
Urganch davlat universiteti.
 
Loyiha nomi: “ECCUM”
Mutaxassislik nomi:
“5A130301-Matematik injiniring”
 
Qaysi OTMda? Urganch davlat universiteti.
 
Loyiha nomi: “RENES”
Mutaxassislik nomi:
“5A140204-Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit fizikasi”
 
Qaysi OTMlarda?
Urganch davlat universiteti;
Andijon davlat universiteti;
Guliston davlat universiteti;
Qarshi davlat universiteti.
 
Loyiha nomi: “INTRAS”
Mutaxassislik nomi:
“5A310609-Intellektual transport tizimlari”
 
Qaysi OTMlarda?
Toshkent davlat transport universiteti;
Andijon mashinasozlik instituti;
Jizzax politexnika instituti;
Termiz davlat universiteti.
 
Loyiha nomi: “INTRAS”
Mutaxassislik nomi:
“5A350902-Intellektual axborot-kommunikatsiya tizimlari”
 
Qaysi OTMda?
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
 
Loyiha nomi: “MECHAUZ”
Mutaxassislik nomi:
“5A312601-Mexatronika va robototexnika”
 
Qaysi OTMda? Andijon mashinasozlik instituti
 
Loyiha nomi: “GE-UZ”
Mutaxassislik nomi:
“5A313401-Geodeziya va geoinformatika”
 
Qaysi OTMlarda?
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti;
O‘zbekiston milliy universiteti;
Toshkent arxitektura-qurilish instituti;
Qoraqalpoq davlat universiteti.
 
Loyiha nomi: “SPACECO”
Mutaxassislik nomi:
“5A350903-Sun'iy yo‘ldoshli aloqa tizimlari”
 
Qaysi OTMda? Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
 
Loyiha nomi: “SPHERE”
Mutaxassislik nomi:
“5A440115-Favqulotda vaziyatlarda veterinariya nazorati va jamoat sog‘lig‘ini saqlash”
 
Qaysi OTMda? Samarqand veterinariya meditsinasi instituti
 
Ta'lim xabarlari kanaliga ulanish:
?@talimxabarlari (https://t.me/joinchat/AAAAAEj41EN3tdu0PU1Byg)